Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Abdumalik Hakimov: «Nima uchun o‘z o‘rnimizni «Neftchi»ga berishimiz kerak?»

Abdumalik Hakimov: «Nima uchun o‘z o‘rnimizni «Neftchi»ga berishimiz kerak?»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston 26-milliy chempionati birinchi ligasida «Sementchi» kichik oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Quvasoyliklar liga chempioni bo‘lish barobarida oliy liga yo‘llanmasiga ham ega chiqishdi.

Abdumalik Hakimov shogirdlari butun mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishganini jamoa qayd etgan natijalar ham tasdiqlab turibdi. «Sementchi» 34ta uchrashuvning 27tasida g‘alaba qozondi.

4 marta durang o‘ynab, 3ta bahsda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. To‘plar nisbati 97-22. Jamoa 85 ochko jamg‘argan holda, eng yaqin ta’qibchisi «Istiqlol»ni 12 ochko ortda qoldirdi.

O‘tgan hafta «Sementchi»ning o‘rniga oliy ligada «Neftchi» ishtirok etishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar urchidi. Chunonchi, O‘FFning oliy ligada 12ta jamoa qolishi haqidagi qaroridan so‘ng «Neftchi»ning birinchi ligaga tushib ketishi oydinlashib qolgandi.

Biz ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida «Sementchi» bosh murabbiyi Abdumalik Hakimov bilan bog‘landik.

- Abdumalik aka, birinchi galda, «Sementchi» jamoasini birinchi liga chempioni bo‘lgani bilan tabriklaymiz. Nazarimizda,bu natijaga  ortiqcha qiyinchiliksiz erishildi. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

- Tabrik uchun rahmat. Bilasizmi, men bunday demagan bo‘lardim. Har bir jamoa raqiblari qanday imkoniyat berishiga qarab o‘ynaydi.

Demoqchimanki, mavsum davomida o‘ziga yarasha qiyinchiliklar tug‘ildi. Xullas, oliy liga yo‘llanmasini osonlik bilan qo‘lga kiritmadik.

- Lekin ikkinchi o‘rindagi jamoa bilan ochkolar farqi 12tani tashkil etdi. Bu nimadan darak beradi?

- Gap shundaki, asosiy raqiblarga qarshi kechgan o‘zaro o‘yinlarda g‘alaba qozona oldik. Avvaldan asosiy kurash shu jamoalarga qarshi kechishini bilardik.

- «Sementchi» muvaffaqiyatining siri nimada?

- Ahillik, halollik va shaffoflikda. Bundan tashqari, har bir chiziq bo‘yicha jiddiy ishladik. Mehnatdan qochmadik. Futbolchilar moliyaviy masalani birinchi o‘ringa qo‘yishmadi. Ana shu omillar bir bo‘lib, jamoamizning umumiy muvaffaqiyatini ta’minlandi.

- Taqdirlash marosimi o‘tkazildimi?

- Asosiy tadbir hali bo‘lgani yo‘q. Lekin muxlislar bilan g‘alabani nishonladik.

- Mavsum avvalida jamoa oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi qo‘yilganmidi yoki bu istak keyinchalik vaziyat taqozosi bilan paydo bo‘ldimi?

- Yil boshida viloyat hokimi jamoa oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo‘ygan edi. Shu sababli ham, chempio­natning 1-turidanoq peshqadamlikni o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik va buni amalda uddaladik.

- Oliy ligaga chiqish uchun asosiy da’vogar sifatida qaralgan «Andijon» kutilmagan natija qayd etdi. «Istiqlol» esa aksincha, ko‘pchilikni o‘z o‘yini bilan hayratlantirdi. Bu borada shaxsiy fikringiz qanday?

- Menimcha, bu ichki muhit bilan bog‘liq holat.

-  Ikkala jamoa haqida ham shu fikr­damisiz?

- Ha, xuddi shunday. Ikkisida ham ichki muhit va ruhiyat bilan bog‘liq holat ko‘p narsani hal qilgan bo‘lishi mumkin.

- Endigi rejalar qanday? Jamoa qachon yig‘iladi? Futbolchilarga necha kunlik ta’til berildi?

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni dekabr oyining ikkinchi o‘n kunligida boshlashni mo‘ljallayapmiz. Lekin hozircha bu taxmin. Tez kunda tayyorgarlik rejasini ishlab chiqib, uni e’lon qilamiz.

- Birinchi va oliy liga o‘rtasida katta tafovut bor. Elita jamoalari tayyorgarlikni ertaroq boshlaydi. Shu ma’noda reja tuzishda bu holat e’tiborga olinadimi?

- Albatta. Fikringizga to‘liq qo‘shilaman. Oliy liga umuman bosh­qa dunyo. Tayyorgarlik ham shunga monand tarzda bo‘ladi. Bu masalaga jiddiy qarayapmiz.

- Abdumalik aka, kelasi yili oliy ligada «Sementchi»ning o‘rniga Farg‘ona viloyatining bosh jamoasi - «Neftchi» qatnashishi xususidagi turli gap-so‘zlar urchidi. Bu haqda shaxsan o‘zingiz ham eshitdingizmi? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:05, 16.11.2017.
O'qildi: 9256 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.