Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

“Valensiya” — “Barselona”: 1-1. “Barselona” 2 ochko yo‘qotdi

“Valensiya” — “Barselona”: 1-1. “Barselona” 2 ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida jadvalning yuqori qismida borayotgan jamoalar to‘qnash kelishdi. Peshqadam "Barselona" ikkinchi o‘rinda borayotgan "Valensiya" maydoniga safar uyushtirdi.

"Ko‘rshapalaklar" birinchi bo‘limda asosan himoyaviy o‘yin ko‘rsatishdi. Bahsning 30-daqiqasida "Valensiya" posbonining xatosi va Messining chiroyli zarbasidan keyin to‘p mezbonlar darvozasi chizig‘ini kesib o‘tdi. Ammo na referi, na laynsmen buni qayd etishmadi. Shu bois, "Barsa"ning goli hakamlarning qo‘pol xatosi tufayli inobatga olinmadi. Bo‘lim so‘ngida Messining uzatmasidan keyin Suares darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Netu zarbani oyog‘i bilan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

"Valensiya", kutilmaganda, ikkinchi bo‘limni hujumlar ostida boshladi. Ular bu orqali nomdor raqibga o‘yin berishmadi. Nihoyat, mezbonlar uchrashuvning 60-daqiqasida o‘z maqsadiga yetishdi. Gedeshning uzatmasidan keyin Gayya chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasiga aniq uzatma berdi. Rodrigo yaqin masofadan to‘pni darvozaga burib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan so‘ng kataloniyaliklar o‘yin nazoratini o‘z tomonlariga og‘dirishdi va bahs tugashiga 8 daqiqa qolganida hisobni tenglashtirishdi. Lionel Messi tomonidan uzatilgan juda aniq uzatmani Alba o‘zining sobiq jamoasi darvozasiga to‘g‘rilab qo‘ydi.

So‘nggi soniyalarda "Valensiya" qarshi hujum orqali g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishi mumkin edi. Ammo Simone Dzadza qulay vaziyatdan aniq zarba bera olmadi.

Shu tariqa, peshqadamlar bir ochkoni qo‘lga kiritib, 2 ochkodan mahrum bo‘lishdi. Endi ular "Atletiko" va "Real"ni mos ravishda 8 va 4 ochkoga ortda qoldirishmoqda.

Ispaniya La ligasi, 13-tur
Valensiya – Barselona 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 60 Rodrigo, 1:1 – 82 Alba.
Valensiya – Neto, Gabriel, Gayya, Montoyya, Garay (Ruben Vezu, 86), Kondogbia, Parexo, Gonsalu Gedesh, Soler (Santi Mina, 89), Rodrigo (Pereyra, 82), Dzadza.
Barselona – ter Stegen, Vermalen, Nelson Semedu (Aleish Vidal, 80), Umtiti, Alba, Inyesta (Denis Suares, 72), Paulinyo, Rakitich (Deulofeu, 68), Buskets, Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Kondogbia (32), Gabriel (44), Rodrigo (74), Pereyra (89).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:46, 27.11.2017.
O'qildi: 6611 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик