Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

OCHL. O‘zbek klublari uchun ajoyib imkoniyat!

OCHL. O‘zbek klublari uchun ajoyib imkoniyat!

Baho:
+2 | -

Osiyo chempionlar ligasining 2018 yilgi mavsumi boshlanishi oldidan o‘zbek klublari uchun ajoyib holat yuzaga keldi. Yana ham aniqrog‘i, "Nasaf" va "Paxtakor" klublari guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi.

Gap shundaki, Saudiya Arabistoni guruh bosqichida faqat 2ta jamoa bilan ishtirok etadigan bo‘ldi. Ular — "An-Nasr" va "Al-Ittihod". Saudiya chempionatida 3 va 4-o‘rinni egallagan jamoalar OFKdan tegishli lisenziyani qo‘lga kirita olishmadi. Ularning o‘rniga boshqa jamoalar ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Shu bois, guruh bosqichi va saralash bosqichidan bittadan o‘rin bo‘shab qoldi. Shu bois, Eron va Qatarning OCHLdagi kvotalari "2+2"dan "3+1"ga ko‘paytirildi.

Undan tashqari, Suriya va Iroq mamlakatlari OCHL talablarini bajara olmagani uchun musobaqada ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Kuvayt esa FIFA a’zoligidan chetlatilgani bois, uning klublari xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqiga ega emas.

Natijada G‘arb mintaqasida guruh bosqichiga beriladigan 4ta yo‘llanma uchun 8ta klub kurash olib boradigan bo‘ldi. Demak, "Nasaf" o‘z maydonida Iordaniyaning Al-Faysaliy" jamoasini qabul qiladi. "Ajdarlar" 30 yanvar kuni bo‘ladigan o‘yinda iordaniyaliklarni mag‘lub etishsa, guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.

"Paxtakor" ham bitta o‘yin orqali guruh bosqichiga chiqishi mumkin. Buning uchun Arveladze shogirdlari Qatarda "Al-G‘arafa"ni mag‘lub etishlari talab etiladi. Bu o‘yin ham 30 yanvarga belgilangan.

"Lokomotiv" esa o‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlashidan xabaringiz bor.

Darvoqe, bugun OCHL guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:49, 06.12.2017.
O'qildi: 25095 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.