Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Hafta o‘yinlari: «MYU» «Siti»ni, «Yuve» «Inter»ni to‘xtata oladimi?

Hafta o‘yinlari: «MYU» «Siti»ni, «Yuve» «Inter»ni to‘xtata oladimi?

Baho:
+ | -

“Erudit SPORT” gazetasi quyida ushbu haftaning tomoshabop o‘tishi kutilayotgan eng markaziy to‘rt to‘qnashuvni o‘tkazib yubormaslikni tavsiya qiladi:

№4-match: “REAL” Madrid – “SEVILYA”

9 dekabr, shanba, soat: 20:15

TV-translyasiya: «UzReport TV»

O‘zaro uchrashuvlar:

77 G‘ALABA 26 DURANG 43 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Real” Madrid – “Sevilya” 1:2 va 4:1

Imkoniyat: 40/30/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Real” Madrid – “Sevilya”

743,80 million yevro VS 229,75 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

O‘xshatmasdan uchratmas, mezbonlar ham, mehmonlar ham joriy mavsumda beshta bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Natijada “Real” o‘n ikki ochkoning boshiga yetdi. “Sevilya” tomonlarda 15 ochko “qulog‘ini ushlab ketdi”. Shunday ekan, qarama-qarshilik ishtirokchilarining kun tartibidagi birinchi masala – yaqinlashayotgan uchrashuvlarda ochko yo‘qotmaslikdan iborat. “Qizil-oqlar” ustozi Eduardo Berisso saraton xastaligiga chalingani ma’lum bo‘lgach, hamkasbini “Biz sen bilanmiz”, deb qo‘llab-quvvatlagan Zidan u bilan ro‘para bo‘ladi. “Sevilya” argentinalik mutaxassis qo‘l ostida yomon o‘yin ko‘rsatmayapti, o‘rtacha 1,90 ochko ishlayapti. Faqat raqib maydonidan quruq qo‘l bilan qaytayotgani muxlislarni havotirga solyapti (barcha mag‘lubiyati mehmonda qayd etilgan). Safar uchrashuvlarida raqib darvozasiga yo‘l topishda ham muammoga uchrayapti. Boshqa tomondan, “Real” darvozasiga kiritilgan to‘plarning 55 foizi mezbonlik qilgan o‘yinlara to‘g‘ri keladi.

 

№3-match: “LIVERPUL” – “EVERTON”

10 dekabr, yakshanba, soat: 19:15

TV-translyasiya: «FutbolTV»

O‘zaro uchrashuvlar:

76 G‘ALABA 63 DURANG 57 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Liverpul” – “Everton” 1:0 va 3:1

Imkoniyat: 40/30/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Liverpul” – “Everton”

514,50 million yevro VS 335,25 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

“Liverpul derbisi” – shahar “Ko‘klar” va “Qizillar”ga burkanadigan, bo‘linadigan kun. “Everton” ishqibozlari Sem Ellardaysning qadami qutlug‘ kelib, 13 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyaga chek qo‘yishi haqida o‘ylayotgan bo‘lsa, “Liverpul” fanatlari Yurgen Klopp shogirdlari kamida bir ochko ishlashiga ishonmoqda. Chunki “Mersisaydliklar” o‘z uyida to‘qqiz turdan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. “Qassobga yog‘, echkiga jon qayg‘usi”, deb shunga aytishsa kerak. So‘nggi yetti yildagi o‘zaro uchrashuvlar statistikasiga ko‘ra, durang “Irislar” uchun eng yaxshi natija hisoblanadi. Shu kecha-kunduzda Premyer ligada uch jamoa mehmonda g‘alaba nashidasini surish baxtiga muyassar bo‘lmadi. Ular orasida Ellardaysiga ishonib topshirilgan “Everton” ham bor (umuman olganda, bu ko‘rsatkich 15 matchni tashkil qilmoqda). Bundan tashqari, mehmonlar darvoza daxlsizligini saqlashda ham “oldi jamoalar”dan. “Vest Xem Yunayted” hamda “Stok Siti”dan so‘ng eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan uchinchi klub. Gapning po‘stkallasi, “Katta Sem” nuqta qo‘yishi kutilayotgan muammolar talaygina.

 

№2-match: “YUVENTUS” – “INTER”

9 dekabr, shanba, soat: 00:45

TV-translyasiya:

O‘zaro uchrashuvlar:

81 G‘ALABA 44 DURANG 47 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Yuventus” – “Inter” 1:2 va 1:0

Imkoniyat: 35/30/35

Jamoalarning transfer qiymati:

“Yuventus” – “Inter”

540,30 million yevro VS 300,50 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

 O‘tgan turda A Seriyaning “otaxon” jamoasi “Ko‘hna sinyora” (o‘rtacha 28,7 yosh) Skudetto yo‘lida “Napoli” bilan “hisob-kitob” qilgandi. Endilikda “Yuventus” kuchli to‘rtlikdan boshqasini nazariga ilmasligini ta’kidlayotgan Luchano Spalleti boshchiligidagi “Inter”dan uch ochko tortib olish payida bo‘ladi. Turinliklar ustozi Massimiliano Allegri inqiroz ikki yil ilgari kuzatilgan, bugungi kunda ishlar beshligini zo‘r berib isbotlashga urinyapti. Lekin quruq qoshiq og‘iz yirtadi. Mutaxassisning gap-so‘zlari maydonda, turnir jadvalida ham o‘z aksini topishi zarur. Buning uchun “chempionlik poygasi”ga suqilib kirmoqchi bo‘layotgan klublardan “qutulish” talab etiladi. “Neradzurrilar” ham maydonga ochko ulashish maqsadida tushmaydi. Ustiga-ustak, hozircha Luchano Spalletti shakllantirgan “Inter”ni kuragini yerga tekkizadigan mard topilgani yo‘q. Mezbonlar ustozi esa 38 uchrashuvning 36 tasida raqibini yer tishlatgani bilan og‘iz ko‘pirtirishi mumkin.

 

№1-match: “MANCHESTER YUNAYTED” – “MANCHESTER SITI”

10 dekabr, yakshanba, soat: 21:30

TV-translyasiya: «Futbol TV»

O‘zaro uchrashuvlar:

42 G‘ALABA 47 DURANG 55 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Manchester Siti” – “Manchester Yunayted” 2:1 va 0:0

Imkoniyat: 35/30/35

Jamoalarning transfer qiymati:

“Manchester Siti” – “Manchester Yunayted”

629,50 million yevro VS 592,75 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

 “Shaharliklar” boshqaruvi Gvardiolaga topshirildiyu jamoaning boshi rekorddan chiqmayapti. Ularning so‘nggisi – mehmondagi ketma-ket 11 matchda raqiblarini dog‘da qoldirgani bo‘ldi. Shunga qaramay, “Siti” ustozi “ertami kechmi mag‘lubiyatni qabul qilamiz”, deyishdan charchamayapti. Turnir jadvalida “Ko‘klar” yaqqol yetakchi va ikkinchi o‘rinni egallagan “Yunayted” o‘rtasidagi tavofut sakkiz ochkoga yetgan. Lekin Mourinyoni bu tavofut tashvishga solmaydi. Aynan o‘zaro uchrashuvlar, “olti ochko”ga teng matchlarda “hamshaharlari”ning qarshiligini sindirish rejasini tuzib qo‘ygan. E’tiborga molik tomoni, “Mankunianlar” o‘z uyida gard yuqtirmaslikni qoyillatadi. Misol uchun, sakkiz uchrashuvning yettasida maydon egalarining darvozasini ishg‘ol qiladigan raqib topilmadi. Premyer-Lligadagi “intriga”ning “o‘lmasligi” ham Joze Mourinyoga bog‘liq bo‘lyapti. Ya’ni, Joze janoblari o‘zi kabi boshqa hamkasblarini ham ma’lum muddat yengil tin olishlariga imkon hozirlashi mumkin. Xo‘sh, Pep “Siti” rulidagi saksoninchi bahsda “Yunayted”ning kunini ko‘rsatadimi yoki Joze «Arsenal»dan keyin endi «Siti»ning APLdagi ilk mag‘lubiyatni tan olishga majbur qila olarmikan? Yakshanba kuni «Orzular teatri»da ko‘ramiz, kuzatamiz!

Ulug‘bek RAHMONQULOV, «Erudit Sport» gazetasi.

Manba: www.erudit-sport.uz
Kiritildi: 16:13, 09.12.2017.
O'qildi: 2364 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.