Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Davron Mamatov: «Sementchi» elitada yo‘qolib qolmaydi»

Davron Mamatov: «Sementchi» elitada yo‘qolib qolmaydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bilan yurtimizda joriy yilgi futbol mavsumiga rasman yakun yasaldi.

Endi jamoalar taxminan 20 dekabrdan yangi mavsumga qaratilgan tayyorgarlik jarayoniga kirishadi.

Final ishtirokchilari - «Bunyodkor» va «Lokomotiv»dan farqli ravishda, qolgan klublar oldinroq ta’tilga chiqqandi.

Ma’lum bo‘lishicha, muddatidan avval oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Sementchi» birinchilar qatori, ya’ni kelasi haftadan Superliga nomi ostida o‘tkaziladigan yangi chempionatga tayyorgarlik ishlarini boshlaydi.

Abdumalik Hakimov shogirdlari yakunlangan mavsum 85 ochko bilan kichik oltin medalga ega chiqib, elitaga yo‘l olishganini aytish o‘rinli.

Xullas, yaqinda «Sementchi» sardori Davron Mamatovdan aynan mavsum tadorigi yuzasidan intervyu oldik.

- Davron, «Sementchi» kelasi mavsum Superligada o‘ynaydi. Klub rahbariyati tayyorgarlik rejasini ma’lum qildimi? Mashg‘ulotlar qachon boshlanadi?

- Hozircha aniq emas. Lekin bilishimcha, 11 dekabrdan mavsum tadorigi boshlanadi. Yangi yil bayramiga qadar ilk o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini klub qarorgohida olib boriladi.

- Jamoaning kuchlilar qatorida o‘ynashiga jiddiy e’tibor qaratilyaptimi? Qanday o‘zgarishlar bor?

- Ta’tilda bo‘lganimiz bois, hech narsadan xabarimiz yo‘q. Lekin jiddiy yondashilishi aniq, har holda, oliy liga boshqa musobaqa.

- Xo‘sh, sizningcha, «Sementchi» Superliga bosimiga tayyormi?

- O‘ylaymanki, ha. Muhimi, o‘z mehnatimiz evaziga kuchlilar safiga qo‘shildik. Endi kelasi yili shunchaki, bir mavsum o‘ynash uchun chiqmaganimizni isbotlashimiz kerak. Menimcha, «Sementchi» oliy ligada yo‘qolib qolmaydi. Jamoada o‘z o‘rnini topish uchun salohiyat va imkoniyat yetarli.

- Lekin birinchi va oliy liga o‘rtasida katta tafovut bor va sizlarga oson bo‘lmasligi tayin. Buni his qilyapsizlarmi?

- Fikringizga 100 foiz qo‘shilaman. Asosiysi, jamoamizda ko‘zlari yonib turadigan iqtidorli yigitlar ko‘p. Qolaversa, bosh murabbiyimiz Abdumalik Hakimov hali tarkibni elitada o‘ynash tajribasiga ega futbolchilar bilan to‘ldirsa kerak.

- Kelasi yili Superligada 12ta jamoa ishtirok etadi. Bu nisbatan kuchsizroq  jamoalarga qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi xususidagi fikrlarga qo‘shilasizmi?

- Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, ishtirokchilar shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rishadi. Tarkib ham mos ravishda kuchaytiriladi. Asosiysi, o‘tkinchi o‘yinlar kuzatilmaydi.

Demak, har bir jamoa imkon qadar yuqoriga intiladi. O‘ylaymanki, jamoamiz mutasaddilari shunga muvofiq, sharoitlar yaratib berishadi, tarkib elita talabiga moslashtiriladi. 

- Umuman, 12ta jamoali turnirga munosabatingiz qanday?

- Shaxsan menga qolsa, 16ta jamoa o‘ynagani yaxshi edi. Faqat klublar oldiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirishsa bo‘lardi.

- Masalan, qanday talablarni?

- PFL jamoalar sonini qisqartirish evaziga futbol sifatini oshirishni ko‘zlamoqda. Ammo 16ta ishtirokchi bilan ham bu maqsadga erishish mumkin edi, ya’ni talablarni keskinlashtirish yo‘li orqali.

- Klub bilan shartnomangiz muddatini uzaytirdingizmi?

- Bu ish yaqin kunlarda amalga oshadi. Har holda, elitada ham «Sementchi»ga yordam bermoqchiman.

- Mavsum yakunlari haqida qanday fikrdasiz? Birinchi ligada kurash kuzatildimi? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:37, 12.12.2017.
O'qildi: 3101 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.