Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Losaro de la Penya: «Futbolchilar suratga tushishni yaxshi ko‘rishadi»

Losaro de la Penya: «Futbolchilar suratga tushishni yaxshi ko‘rishadi»

Baho:
+ | -

Lacaro de la Penya «Valensiya» rasmiy suratkashi hisoblanadi. U 10 yil mobaynida jamoaning yulduzli tarkibini suratga olgan, yevrokuboklar tufayli turli mamlakatlarda bo‘lgan.

U kelganidan so‘ng «Valensiya» 12 nafar murabbiyni almashtirdi. Ayni payt jamoa Ispaniya chempionatida ­­2-o‘rinni band etib turibdi.

O‘tgan hafta fotosuratchi rossiyalik jurnalist­lar bilan suhbatlashib, turli mavzulardagi savollarga javob berdi.

- Sizning eng muhim suratingiz qaysi?

- Bunaqasi yo‘q. Hamisha eng muhimini bugun olaman, deb o‘ylayman. Lekin futbolchilar meni eslagan o‘yinlardagi suratlarimni hech qachon unutmayman.

Gol urib, fotografga o‘girilish juda qiyin. Otamendi «Elche»ga qarshi uchrashuvda golini nishonlayotib meni qidirgan.

Kameramni ko‘rganidan so‘ng qo‘lini boshiga qo‘yib, generalcha ishora qilgandi. O‘sha suratdan so‘ng Nikoni «General» deb atay boshlashgan.

- Qaysi futbolchilar suratga tushishni yaxshi ko‘rishadi?

- Hammalari. Ayniqsa, hozir ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan payt­da. Hazil aralash rad javobini berishadi. Shunday hazilkashlardan biri - Zaza.

U qo‘llari bilan ob’ektivni to‘sib oladi. Aynan shu tufayli Simone haqidagi eng mashhur suratimni olganman.

- Fransiyada tug‘ilganmisiz?

- Parijda, ispaniyalik emigrantlar oilasida dunyoga kelganman. Lekin o‘zimni haqiqiy asturiyalik deb hisoblayman. Chunki uch yoshimda ota-onam bilan Ispaniya shimoliga ko‘chib o‘tganmiz. Men tug‘ilgunimcha otam dalada ishlagan.

Ispaniyada ish yo‘qligi tufayli sakkiz nafar aka-ukalari bilan Fransiyadan qo‘nim topgan. U yerda uzoq qarindoshlarining kir yuvish xonasi bo‘lgan.

O‘sha paytlari Parijga Ispaniya, Portugaliya va Gresiyadan ko‘pchilik ko‘chib borardi. Shahar o‘tgan davrlar mobaynida sezilarli tarzda o‘zgardi.

- Valensiyaga qanday borib qolgansiz?

- Avvaliga Barselonada fotografiya bo‘yicha o‘qiganman. 2003 yili esa magistraturani o‘qish uchun Valensiyaga bordim. O‘sha zahoti ish topdim: shahar meriyasi uchun suratga olardim.

Keyinchalik sportni suratga olishni boshladim va Marca gazetasiga ishga kirdim. U yerda «Valensiya» vakillari bilan do‘stlashib qoldim.

2007 yili jamoani Kike Sanches Flores boshqarayotgan paytda «ko‘rshapalaklar» fotografsiz qolishdi. Shundan so‘ng meni eslab qolishgan.

- «Valensiya»da ish boshlagunga qadar biror klubga muxlislik qilganmisiz?

- O‘shanda futbolni o‘zgacha qarash bilan tomosha qilardim va menga alohida bir jamoa yoqmasdi. Shunchaki, millionlar o‘yinidan zavq olardim. 2000 yillar boshida «Valensiya»ning barcha o‘yinlarini ko‘rardim.

O‘shanda bu klub juda kuchli edi. Ammo «Real»­ning «galaktikos» davri boshlanganida barchasi tugadi. «Ko‘rshapalaklar»ni butun mamlakat yoqtirardi. «Real» va «Barselona»ni hozirgidek yoqtirishlariga esa jurnalistlar sababchi bo‘lishgan.

- Nima uchun?

- Ispaniyada futbolni targ‘ib qilish La-liga va uning jamoalari uchun hurmatsizlik. Jumladan, «Real» va «Barselona»ga nisbatan ham. 95 foiz holatda shu ikki klub haqida gapirishadi.

Jurnalistlarni Ronalduning libosi yoki Pikening shaxsiy hayoti ko‘proq qiziqtiradi. Vaholanki, bosh­qa jamoalar ham ajoyib o‘yinlar o‘tkazishadi.

Aytaylik, «Valensiya» - «Vilyarreal», «Betis» - «Sevilya» yoki «Eybar» - «Granada» o‘yinlarida shunaqasi kuzatilishi mumkin. Qiziqarli bahslar ko‘p, lekin unga vaqt ajratishmaydi.

Shu bois ham liga rivojlana olmayapti, klublar o‘smayapti hamda «Real» va «Barselona»ga bo‘lgan e’tirozlar kuchaymoqda.

- Siz unuta olmaydigan o‘yin qaysi?

- «Valensiya»ning YECHL finalida «Bavariya»ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi. O‘sha bahsni o‘n nafar notanish yigitlar hamrohligida tomosha qilganman. Oramizda valensiyalik bo‘lmagan. Lekin o‘yin oxirida barchamiz yig‘laganmiz.

- «Valensiya»dagi birinchi mavsumingizni eslay olasizmi?

- O‘shanda 28 yoshda edim. Vilya, Silva, Mata, Visente, Albiol, Baraxa, Angulo, Kanisares, Albelda, Xoakin va Moryentes kabi futbolchilar o‘ynaydigan jamoaga kelgandim

Afsuski, shu tarkib bilan ham jamoa La-ligada zo‘rg‘a «jon» saqlab qolgan.

- Fotograf sifatida «Mestalya»­dagi ilk o‘yiningiz qaysi?

- YECHLdan o‘rin olgan «Inter»ga qarshi bahs. Uchrashuv oxirida mushtlashuv yuzaga kelgan. David Navarro Burdissoning burnini sindirgandi. Keyin maydonga «Inter»ning hamma o‘yinchilari chiqqandilar.

- Futbolchilar orasida do‘stlaringiz bormi?

- Mata bilan iliq munosabatdamiz. Xuan juda ziyoli futbolchi. Bosh­qalarga o‘xshamaydi. Juda ko‘p kitob o‘qiydi. «Tabib: Ibn Sino shogirdi» asarini aynan uning maslahati bilan mutolaa qilganman.

- «Valensiya»ning eng quvnoq futbolchisi kim edi?

- Xoakin. Hattoki, klub yomon o‘ynaganda ham uning yuzidan tabassum arimasdi.

A.ESHONXONOV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:05, 17.12.2017.
O'qildi: 2351 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.