Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Davron Isoqov: «Kosonsoy» jamoasidan qarzdorman»

Davron Isoqov: «Kosonsoy» jamoasidan qarzdorman»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Quvasoyning «Sementchi» jamoasi birinchi liga g‘olibi sifatida kelgusi yil Superligada qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.

Erishilgan yutuqlarda butun jamoa, xususan, hujumchilarning hissasi katta. Ular orasida Chortoq tumani, Pesh­qo‘rg‘on tumanidan bo‘lgan Davron Isoqov ham bor.

Yakunlangan mavsumda jami 14ta gol urib, jamoasi muvaffaqiyatlariga salmoqli ulush qo‘shgan forvard yaqinda muxbirimizga intervyu berdi.

- Davron, ma’lumki, futbol maktabida tahsil olmay, katta futbolga qadam qo‘ygansiz...

- Bilasizmi, Chortoq tumani, ayniqsa, Peshqo‘rg‘on ahli millionlar o‘yinining ashaddiy ishqibozlari hisoblanishadi. Shundan bo‘lsa kerak, Tohir Madrahimov, Zafar Musaboyev, Rashid G‘ofurov singari mashhur futbolchilarga havas qilardik. Ammo ota-onam dastlab futbol maktab-internatida o‘qishimga ruxsat berishmagan.

Shuning uchun Namangan shahridagi akademik liseyda tahsil oldim. Lekin keyinchalik qiziqish baribir, ustunlik qilib, yashil maydon o‘ziga tortaverdi. Xullas, liseydagi o‘qish tugagach, futbolchi bo‘lishga ahd qildim. Ma’lum sabablarga ko‘ra, faoliyatimni 19 yoshda boshladim. ,

2009 yili ikkinchi liga klubi - «Do‘stlik» (Uchqo‘r­g‘on)da o‘ynadim. Keyinchalik «Navbahor» yoshlar jamoasida to‘p surdim. So‘ngra «Chust-Paxtakor» va «Nasaf-2»da o‘ynadim. 2012 yildan «Kosonsoy» sharafini himoya qildim, bir muddat «Navbahor»da to‘p surdim.

- Sizni asosan «Kosonsoy»dagi to‘purarlik qobiliyatingiz or­qali taniganmiz. Shu haqda ham to‘xtalsangiz.

- «Kosonsoy» - men uchun eng qadrli jamoalaridan biri. Kosonsoyda omadli va omadsiz kunlarni o‘tkazganman. Og‘ir vaqtlarimda (Davron Isoqov tizzasidagi jarohati sabab operasiya stoliga yotqizilgan) klub rahbarlari va murabbiylar har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Fursatdan foydalanib, kosonsoylik futbol jonkuyarlariga minnatdorchilik bildiraman. «Kosonsoy»da to‘p surgan vaqtim futbol jamoatchiligiga tanildim. Niyatimga yetishimda «Kosonsoy» o‘ziga xos tramp­lin vazifasini o‘tadi.

Mazkur klubdagi 3,5 yillik faoliyatim davomida mahoratim va tajribamni ancha oshirdim. Ko‘plab gollar urdim, faoliyatimdagi eng katta qadamni ham aynan «Kosonsoy»da tashladim - «Navbahor»ga o‘tib, oliy ligada o‘z imkoniyatimni sinab ko‘rdim.

Namanganning bosh jamoasi safiga qo‘shilganimdan keyin ko‘p jarohat ola boshladim. Shuning uchun asosiy tarkibga kirolmadim. Qishki yig‘inlar payti tizzamdan jiddiy shikastlanib, operasiya stoliga yotishga majbur bo‘ldim. Orada 5 oy futbol o‘ynay olmadim, shu sababli «Navbahor»ni tark etishga to‘g‘ri keldi.

Ammo yuqorida aytganimdek, kosonsoyliklar oyoqqa turishimda ko‘maklashishdi. Boshqacha aytganda, «Kosonsoy» FK meni katta futbolga qaytardi. Shunday ekan, «Kosonsoy» jamoasidan umrbod qarzdorman, yana yashil maydonda yuqori saviyali o‘yin namoyish etishimda bu klubning hissasi katta bo‘ldi.

- Aytgancha, «Kosonsoy»da ukangiz Bobur Mamajonov bilan birga to‘p surgansiz...

- Ha, Bobur men kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta futbolga kirib kelgan. U ham aynan «Kosonsoy»da futbolchi sifatida shakllandi. Umuman, Kosonsoyda o‘ynaganlar orasida jamoadan norozi bo‘lib ketganlar yo‘q.

Tan olish kerakki, barchamiz har doim klub rahbariyatidan minnatdor bo‘lganmiz. O‘tgan yilgi jamoada to‘p surganlarning aksariyati hozir ham faoliyatini davom ettirmoqda. Ukam yakuniga yetgan mavsumni «Xotira-79»da o‘tkazdi.

Bosh­qa jamoadoshlarimiz «Xotira-79», «Norin», «Yangiyer», «Sementchi» klublari, «Navbahor» o‘rinbosarlari tarkibida o‘ynashdi.

Demoqchi bo‘lganim, «Kosonsoy»da haqiqiy futbol jonkuyarlari ishlashadi. Mehmon Solixo‘jayev, Abduvosit Azizov, Shuhrat Bozorov, Olimxon Tursunxo‘jayev, Otabek Mahmudov singari mahalliy murabbiylar jamoada ajoyib muhit yaratishgandi, barchamiz ahil oiladek edik.

Afsuski, ma’lum sabablarga ko‘ra, «Kosonsoy» ayni payt 2-ligada o‘ynamoqda.

- Keyinchalik «Sementchi»dan taklif oldingiz... DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:18, 23.12.2017.
O'qildi: 3593 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.