Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Jasur Hasanov “Metallurg” futbolchisiga aylandi

Jasur Hasanov “Metallurg” futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi ikkinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Toshkent shahrida – “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydoni hamda “Paxtakor” futbol klubiga qarashli BO‘SM maydonida o‘tkazayapti.

Bugun poytaxtimizda kunning birinchi yarmida yaxshigina qor yog‘ib turgan bo‘lsa-da, metallurgchilar mashg‘ulotlarini kanda qilishmadi. Odatdagidek, kunning birinchi yarmidagi mashg‘ulotlar “Bunyodkor” akademiyasi sun’iy qoplamali maydonida o‘tkazildi. Dastavval futbolchilar chigilyozdi hamda jismoniy tiklanish mashqlariga e’tibor qaratishgan bo‘lishsa, mashg‘ulotlarning ikkinchi qismi to‘p bilan ishlash bo‘ldi. Yig‘inda qatnashayotgan futbolchilar ikkiga bo‘linib, nazorat uchrashuvida kuch sinashishdi.

Shu narsani qayd etish joizki, ikkinchi yig‘in davomida klub rahbariyati jamoaning aksariyat o‘yinchilar bilan shartnoma muddatini uzaytirishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘z navbatida klubga yangi kelgan o‘yinchilar bilan ham kelishuvga erishilmoqda.  Jumladan, Muborakning “Mash’al” jamoasidagi qatnashuvi orqali muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Shahzod Shaymanov, “Lokomotiv”ni erkin agent sifatida tark etgan Sherzod Fayziyev, O‘zbekiston terma jamoasida to‘p surgan Jasur Hasanovlar “Metallurg” o‘yinchilariga aylanishdi. Ulardan tashqari yig‘inda yana bir qator yosh, iqtidorli futbolchilar qatnashishayapti. O‘zlarining eng ijobiy xislatlarini namoyish etgan futbolchilar jamoa ixtiyorida olib qolinadi.

O‘z navbatida “Metallurg” jamoasi qarorgohini tark etgan futbolchilar ham bor. Ilgari xabar berganimizdek, Hikmat Hoshimov, Davron Karimqulov, Jasur Ahmedov, Doniyor Odilovlar yangi yil bayramiga qadar klub bilan xayrlashishgandi. Ikkinchi yig‘in ichida himoyachi Mirg‘iyos Sulaymonov hamda Murodjon Toshmatovlar ham boshqa klubda o‘ynashni ixtiyor etishdi. Aniqrog‘i bu ikkala o‘yinchi ham Osiyo chempionlar ligasida to‘p surish istagini amalga oshirish uchun Qarshining “Nasaf” jamoasidan tushgan taklifni qabul qilishdi va “ajdarlar” safida xorij yig‘iniga jo‘nab ketishdi. “Metallurg” futbol klubi rahbariyati, muxlislari nomidan mazkur futbolchilarning barchasiga Bekobod futboli ravnaqi yo‘lidagi samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildiramiz va ularning keyingi ishlariga omad tilaymiz.

Manba: www.metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 15:53, 11.01.2018.
O'qildi: 4616 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.