Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 01:00 Barselona 3-0 Osasuna
28/03 16:45 Qizilqum 1-3 OKMK
28/03 19:30 Navbahor 2-2 Andijon
28/03 20:00 Bunyodkor 3-1 Surxon
29/03 18:00 Real Sosyedad - Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf - Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya - Bolonya
29/03 19:00 Komo - Empoli
29/03 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol - Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor - Dinamo
29/03 22:00 Yuventus - Jenoa
29/03 22:30 Alaves - Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche - Roma
30/03 01:00 Real Madrid - Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya

Filippe Koutinyo: “Liverpul” abadiy yuragimda qoladi”

Filippe Koutinyo: “Liverpul” abadiy yuragimda qoladi”

Baho:
+ | -

Avval xabar berib o‘tganimizdek, “Liverpul” yarim himoyachisi Filippe Koutinyo rasman “Barselona” futbolchisiga aylandi.

Ispaniyaga ko‘chib o‘tganidan keyin Koutinyo “Barselona”da o‘ynash azaliy orzusi bo‘lgani, yangi jamoadoshlari va sobiq jamoasi “Liverpul” haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Albatta, xursandman. Har safar “Barselona”ga o‘tish orzusida yashashimni aytar edim. Maqsadlarim sovrinlarni qo‘lga kiritib, muxlislar qalbiga quvonch tortiq etish.

Atrofimni men yoqtirgan futbolchilarim o‘rab turishibdi. Endi Messi, Suares, Inyesta, Pike, Buskets bilan birga o‘ynayman.

Ular bilan jamoadosh bo‘lganimdan faxrlanaman. Umid qilamanki, yangi jamoam bilan ulkan sovrinlarni qo‘lga kiritib, “Barselona”ning bir bo‘lagi bo‘la olaman.

Yoshligimda Ronaldinyoning o‘yinlarini tomosha qilib hayron bo‘lardim. Roni maydonda chinakam afsungar edi. Endi bu vazifani Messi davom ettirmoqda.

“Liverpul”ga jamoadoshlarim va menga yaqindan ko‘mak bergan insonlar bilan xayrlashish uchun qaytib boraman.

Endi faqat oldinga intilish fursati yetib keldi. “Barselona”da yangi bosqichga chiqa olishimga ishonaman.

“Liverpul”ga ko‘chib o‘tganimdan so‘ng ko‘plab do‘stlar orttirdim, qolaversa, oila a’zolarim ham bu shaharga ko‘nikib qolishgandi.

Biz futbol ajoyib sport turi ekanligiga aynan shu shaharda guvoh bo‘ldik. Menimcha, muxlislarning qalblarida ozgina bo‘lsa ham hurmat qozona oldim.

“Liverpul” boy tarixga ega buyuk jamoa ekanligiga ishonchim komil. “Barselona” orzuyim bo‘lgani uchun “Liverpul”ni tark etdim. “Liverpul” esa ruyobga chiqqan orzuyim edi. Bu jamoada besh yil umrim o‘tdi.

O‘ylaymanki, muxlislar meni to‘g‘ri tushinishadi. O‘zimni yangi jamoada sinab qo‘rmoqchi bo‘ldim. Ammo bu degani “Liverpul”dan butunlay voz kechdim degani emas.

Sobiq jamoamini doimo qo‘llab quvvatlayman va sobiq ustozimga Yurgen Kloppga kelgusi ishlarida omad tilayman.

“Liverpul”ning asosiy qismi muxlislardan tashkil topgan. Ko‘llab-quvatlab turganingiz uchun sizlarning oldingizda qarzdorman.

Qayerda bo‘lsam ham “Liverpul” meni yuragimda qoladi. “You’ll Never Walk Alone”, - dedi Koutinyo.

Ma’lumot uchun, Koutinyo yangi jamoasi bilan 5,5 yillik shartnoma imzoladi uning tovon puli 400 million yevro etib belgilandi.

utbolchi “Liverpul”da olgan eski jarohati sabab kamida 20 kun maydonga tusha olmaydi. Koutinyo “Barselona”da 14 yoki 7-raqamda harakat qiladi.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 09:34, 14.01.2018.
O'qildi: 3642 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz