Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Emmanuel Adebayor: «Manchini – men bilgan eng yomon murabbiy…»

Emmanuel Adebayor: «Manchini – men bilgan eng yomon murabbiy…»

Baho:
+ | -

Togolik Emmanuel Adebayor esingizdami? APL o‘yinlarida ham goleadorlik qobiliyatini namoyish eta olgan hujumchi ayni payt Turkiya Super-ligasi turnir jadvalini «sensasion» ravishda boshqarayotgan «Istanbul Bashakshehir» klubi sharafini himoya qilyapti.

Faxriy futbolchi mahalliy Hurriyet nashriga bergan intervyusida turk diyorida qanday paydo bo‘lgani haqida to‘xtalish barobarida «Zenit» ustozi Roberto Manchinini boshqalarga qaraganda, yomonroq murabbiy o‘rnida ko‘rishini yashirmadi.

Xo‘sh, nega? Qiziqsangiz, Adebayor bilan suhbatning eng qiziqarli jihatlariga e’tibor qarating...

- Odatiy savol: nega aynan Turkiya variantini tanladingiz?

- Dastlab «Lion», keyin «Beshiktosh» vakillari eng so‘nggi lahzalarda xizmatimdan foydalanish fikridan qaytishdi. Xullas, samolyotga aslida «Beshiktosh» orzusida o‘tirgandim, oxir-oqibat, «Bashakshehir» safiga qo‘shildim.

Ochig‘i, boshida qattiq o‘yga cho‘mgandim: «O‘zi bu qanday jamoa?» Muhimi, klub prezidenti Geksel Gyumyushdag bilan ilk uchrashuvdan keyinoq hech qanday savolga o‘rin qolmadi.

- Faoliyatingizga nuqta qo‘ygach, murabbiy sifatida ishlashni rejalashtirayotgandirsiz...

- Yo‘q, futboldan chetga chiqaman. Birinchi navbatda, dunyo bo‘ylab sayohatga chiqmoqchiman. Deylik, yoshlarga faoliyat yo‘lim haqida gapirib berib, ularda futbolga qiziqishni kuchaytirishim mumkin.

O‘ylaymanki, futboldagi hayotim kimlargadir namuna bo‘lishga arziydi. Umuman, butsalarimni mixga ilgach, hayot lazzatlaridan to‘liq bahra olib yashash niyatidaman.

- Ko‘plab murabbiylar bilan birga ishlagansiz. Ular haqida nima deya olasiz?

- Desham - g‘oliblik ruhiga tuyingan mutaxassis, Venger -professor. Aynan u hayotimda katta iz qoldirdi. Manchini esa men bilgan eng yomon murabbiy - mashg‘ulotlar jarayonida nafratimni qo‘zg‘atgan.

Mourinyo - eng yaxshisi, o‘z ishining chin fanati. Rednapp menga otadek edi, fantastik inson. Villash-Boashga esa biroz bilim yetishmaydi. Shervud - u bilan yana bajonidil ishlagan bo‘lardim.

- Yevropaning top-klublarida o‘ynaganingizga qaramay, iqtidoringizni boricha ko‘rsatolmadingiz. Qiziq, shaxsan o‘zingiz barchasidan qoniqdingizmi?

- «Real» va «Arsenal» kabi klublarda o‘ynaganim ko‘p narsani anglatadi. Yoshligimda bu haqda faqat orzu qilardim, xolos. Ha, futbolda munosib iz qoldirdim, ehtimol, hattoki, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishim ham mumkin edi. Biroq nasib qilmadi. Yana nima derdim...? Hali maydondaman va katta g‘alabalar orzusida harakatni davom ettiryapman.

- Aynan qaysi klubdan ketish og‘irroq kechgandi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:36, 15.01.2018.
O'qildi: 2389 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.