Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Angliya futboli yoshlar tizimi yutuqlari

Angliya futboli yoshlar tizimi yutuqlari

Baho:
+ | -

2017 yil Angliya futboli uchun nihoyatda omadli keldi: mamlakat milliy jamoasi JCH-2018 yo‘llanmasini muammosiz qo‘lga kiritdi, CHLda qatnashayotgan APLning 5ta vakili ham «pley-off» raundiga chiqdi.

Angliya futboli yoshlar tizimi yutug‘i yanada salmoqli bo‘ldi. E’tibor bering, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari yil davomida 5ta jiddiy turnir finalida o‘ynab, ularning 4tasida chempionlikni tantana qildi.

Xullas, 6 yil oldin qabul qilingan iqtidorlarni rivojlantirish dasturi meva bera boshladi. «SE» nashrining quyidagi maqolasi shu haqda.

NAQ 5ta FINAL

Angliya futboli uzoq 1966 yildan buyon terma jamoalar miqyosidagi eng yirik turnirda g‘alabaga ilhaq. O‘shanda britaniyaliklar katta mundial finalining qo‘shimcha vaqtida ozarbayjonlik hakam Tofiq Bahromov yordami bidan sobiq GFR termasi darvozasini ishg‘ol qilib, jahon tojini boshga olishgan.

Shu-shu inglizlarga xalqaro darajada bunday yirik g‘alaba nasib etmayapti. Mana, 2017 yil voqealari barchasi o‘zgarayotganiga nishona berdi. Chunonchi, Angliya yoshlar va o‘smirlar termalari bir necha oy oralig‘ida 5ta yirik turnir finaliga chiqib, ulardan 4tasida g‘alabaga erishdi.

U-17 toifasidagi jamoa bahorda Yevropa chempionati hal qiluvchi o‘yinida ispanlar bilan to‘qnash kelib, faqat penaltilar seriyasi bo‘yicha yengilgandi. Muhimi, bu jamoa ke-yinchalik Hindistonda tashkillashtirilgan JCHda zafar quchdi. E’tiborni tortadigan tomoni, angliyalik o‘smirlar finalda avvaliga 2ta to‘p farqi bilan ortda borib, yakunda hisobni 5:2ga yetkazishdi.

U-19 jamoasi esa yozda 24 yillik tanaffusdan keyin yana Yevropa chempioniga aylandi. Angliyalik yoshlar finalda portugaliyalik tengqurlarini mag‘lublik ko‘chasiga olib kirishdi. Mamlakatning U-20 termasi mavsum-2017dagi eng shov-shuvli g‘alabani rasmiylashtirdi - ingliz yoshlari iyun oyida o‘z toifalarida ilk marta jahon chempioni bo‘lishdi.

Janubiy Koreyada o‘tkazilgan kichik mundialda APLda ko‘rinish bera boshlagan ikki hujumchi yorqin nur sochdi - Dominik Solanke («Liverpul») va Dominik Kalvert-Lyuin («Everton»). Shuningdek, chempion jamoaning yana bir istiqbolli hujumchisi Kiran Douell ayni payt chempionshipda «Nottingem Forest» uchun muhim gollar urmoqda.

Angliya futboli yoshlar tizimidagi jamoalar yil davomida yana 2ta norasmiy, ammo ancha nufuzli turnirda bosh sovringa ega chiqdi - Tulon- (Fransiya)da o‘tkazilgan xalqaro musobaqada U-17 va U-20 belgisi ostidagi termalar g‘alaba nashidasini surdi.

FUTBOL ASSOSIASIYASI ISLOHOTLARI

Mashhur Gari Lineker Angliya o‘smirlar termasi ispanlardan munosib o‘ch olgach, «Tvitter»dagi rasmiy sahifasida shunday yozdi: «Bizda oltin avlod shakllanmoqda». Afsonaviy goleador bilan bahslashish noo‘rin, ammo har bir is’tedod kuchli e’tiborga muhtoj. Angliya futboli mutasaddilari oxirgi 6 yildan buyon shu masalaga jiddiy qarashmoqda.

2010 yili mamlakat milliy jamoasi jahon chempionatida nav-batdagi omadsizlikka yo‘liqqandi: guruh bosqichida Sloveniya, Jazoir va AQSH termalariga qarshi o‘ynagan «uch sherlar» «pley-off»ga qiyinchilik bilan chiqib, 1|8 finalda nemislarga yo‘l bo‘shatishgandi. O‘sha o‘yinda hakamlar Frenk Lempardning toza golini inobatga olmay, katta xato qilishgani yodingizdami?

Britaniyaliklar avvaliga muvaffaqiyatsizlikni shu holatga bog‘lab, Lempard zarbasidan so‘ng to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tgani aks ettirilgan videoyozuvni bearmon aylantirishdi. Ammo asl muammodan ko‘z yumish ilojsiz edi. Xullas, angliyaliklar futbolchilarni tayyorlash tizimi oqsayotganini tan olib, islohotlarga qo‘l urishdi.

Aniqrog‘i, futbol assosiasiyasi bir yildan keyin yoshlar futbolini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli dastur qabul qildi. Bir necha muhim bandlardan iborat shu dastur asosida o‘smirlar ligalari formati butunlay o‘zgartirildi. 2012 yili esa professional taraqqiyot ligasiga asos solindi.

Bu liga 3ta alohida turnirni o‘z ichiga oldi. Ya’ni 18, 21 va 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar uchun boshqa-boshqa musobaqalar yo‘lga qo‘yildi. Qolaversa, yoshlar turnirida ham divizionlar tashkil etildi: mavsum yakunida yuqori ligada oxirgi o‘rinlarni band etganlar o‘z o‘rinlarini quyida yaxshi natijaga erishganlarga bo‘shatib berishadi. Oldinlari yoshlar tizimida bunday tartib mavjud emasdi.

Yosh futbolchilar transferiga bog‘liq tizim ham o‘zgardi. Avvallari qaysidir klub biror futbolchi uchun ma’lum miqdorda haq to‘lashi bilan transfer tarixi tugardi.

Endi esa o‘tish summasi ancha kamaytirildi, ammo turli bonuslar miqdori sezilarli darajada oshirildi. Agar xarid qilingan futbolchi yangi klubining asosiy tarkibiga kirsa, terma jamoaga chaqarilsa yoki muhim gol ursa, eski jamoasi alohida bonus oladi.

Tushunarliki, bunday tizim akademiyalarda futbolchilarni tayyorlashga yanada jiddiyroq yondashishni ta’minlaydi. To‘g‘ri, tizim aks ta’sir qilishi ham mumkin. Deylik, 2014 yili 15 yoshli xavbek Deniel Krouli «Aston Villa»dan «Arsenal»ga o‘tdi - 200 ming funt sterling evaziga.

Biroq u «kanorirlar» asosiy tarkibiga kirolmadi va birmingemliklar hech qanday bonus olishmadi. Eski tizimda kompensasiya summasi ancha baland bo‘lardi, ya’ni «Arsenal» ko‘proq to‘lardi.

Yana bir muhim yangilik shuki, mash-g‘ulotlar soni qat’iy tartibga solindi. Futbol assosiasiyasi tahlilchilari angliyaliklar 7 yoshdan 21 yoshga qadar o‘rtacha hisobda 3760 soat shug‘ullanishlarini hisoblab chiqishdi.

Boshqa mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich ancha baland - Ispaniyada 4880 soat, Fransiyada 5740 soat, Gollandiyada 5940 soat. Tabiiyki, yosh futbolchilar mashg‘ulotlar va o‘qishni teng olib borishda qiynalishadi. Shunga qaramay, FA futbol bilan shug‘ullanish vaqtini uzaytirish imkoni borligini ta’kidlab, qo‘shimcha mashg‘ulotlar belgiladi.

IRQLAR ARALASHUVI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:22, 18.01.2018.
O'qildi: 2279 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.