PSJ klubi himoyachisi Markinyos bugun Canal+ telekanaliga bergan intervyusida yig‘lab yubordi.
Braziliyalik futbolchi gap vatandoshi Lukas Mouraning boshqa jamoaga o‘tishi haqida ketganda o‘zini yig‘idan to‘xtata olmadi.
“Moura hayotimdagi eng yaqin do‘stim bo‘lib qoladi”, – dedi Markinyos.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukas Moura PSJni qishgi transferlar mavsumida tark etishi aniq ekanligini aytib o‘tgandi.