Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Ochilboy Ramatov: «Bolalar murabbiyi 300 ming so‘mga kun ko‘ra oladimi?»

Ochilboy Ramatov: «Bolalar murabbiyi 300 ming so‘mga kun ko‘ra oladimi?»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Reportajlar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Ochilboy Ramatov navbatdan tashqari hisobot saylov konferensiyasida bolalar futbolidagi muammolarga atroflicha to‘xtaldi. Bu haqda tadbirda qatnashayotgan muxbirimiz xabar berdi.

— Bolalar murabbiyi 300 ming so‘m maoshga kun ko‘ra oladimi? Nima, uning og‘zi yo‘qmi, ovqat yemaydimi? Albatta, bu pul unga yetmaydi va yetmaganini ota-onalardan olishga harakat qiladi. Viloyatlarda hozir qanday futbolchilar yetishib chiqdi? Bu yog‘ini kim o‘ylaydi? Futbolchi hamma narsaga ega bo‘lishi lozim. U 30 yoshida futboldan ketgandan so‘ng nima qiladi? Viloyatlarda ham jismoniy tarbiya institutlari joriy qilish lozim. Ular bolalar bilan ishlashni o‘rgansin. Men buyuk futbolchi bo‘lmaganman, ammo biroz bo‘lsa-da, aralashganim tufayli bu gaplarni bilaman va sizga aytyapman, — dedi Ramatov.

— Biz muammolarni hal qilish uchun tanqidiy yondashib, chora-tadbirlar o‘ylab topishimiz kerak. Xorijdan murabbiylarni jalb etamiz. Katta pulga ishlaydigan nomdor murabbiylarni chaqirish shart emas. Ishiga yarasha maosh oladigan malakali mutaxassislar topish lozim. Bizda hamon «sovet maktabi» saqlanib qolgan. Yevropada futbolchi erkin o‘ynaydi, bemalol mas’uliyatni o‘ziga oladi. Bizda esa sobiq ittifoq davrida o‘rgatilgan futbol saqlanib turibdi. Tabiiyki, Ronaldu yoki Messidek futbolchi chiqishi qiyin. Jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirish oson emas. Buning uchun yoshlikdan ishlash kerak, — deya qo‘shimcha qildi yangi prezident.

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 12:53, 25.01.2018.
O'qildi: 8209 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.