Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Ronaldudan so‘ng Instagram’da “Like” bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Ronaldudan so‘ng Instagram’da “Like” bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Bugungi kunda Instagram ijtimoiy tarmog‘i 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barchani o‘ziga maftun etayotgani sir emas. 2010 yilda ishga tushirilgan xizmat turida “Like”lar bo‘yicha yangi rekord qayd etildi.

Amerikalik model Kayli Jennerning posti Instagram tarixidagi eng ommabop suratga aylandi.

Model 6 fevral kuni tushdan so‘ng 1 fevral kuni dunyoga kelgan qizalog‘ining fotosuratini joylagandi. Bu post joylanganiga 1 sutka to‘lmasidan 14 million “Like” to‘pladi. Kayli Jennerning kuzatuvchilari soni esa 103 millionni tashkil etadi.

20 yoshli Kayli Jenner “Forbes” jurnali tomonidan 30 yoshgacha bo‘lgan eng ko‘p daromad oluvchi mashhur kishilar reytingining kuchli o‘ntaligiga kirishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Instagram tarixida eng ko‘p “Like”larga ega bo‘lgan postlarning barchasi aynan farzandlar tug‘ilishi bilan bog‘liq.

Jennerning surati joylanmasidan avval, eng ommabop post futbol bo‘yicha “Real” klubi va Portugaliya termasi a’zosi Krishtianu Ronalduga tegishli edi.

2017 yilning noyabr oyida Krishtianu Ronalduning farzandi dunyoga kelgach, tug‘ruqxonada tushgan fotosurati 11,3 million “Like” to‘plashga erishgan edi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 09:49, 08.02.2018.
O'qildi: 6410 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик