Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ertaga to‘qson daqiqa himoyalanmoqchi emasmiz»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ertaga to‘qson daqiqa himoyalanmoqchi emasmiz»

Baho:
+ | -

Bugun Tehron shahrida o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev hamda himoyachimiz Odiljon Hamrobekov ishtirok etdi.

"Ertaga biz kuchli raqib bilan o‘ynaymiz, shuningdek, uchrashuv raqibimiz maydonida bo‘lib o‘tadi. Bunga qaramasdan biz ertaga yaxshi o‘yinimizni namoyish qilamiz va albatta biz uchun muhim bo‘lgan ijobiy natija uchun o‘ynaymiz. Oldimizda dastlab guruh bosqichiga vazifasi turgan edi, biz pley-offda kuchli raqib bilan bahs olib bordik va maqsadimizga erishdik. Endi biz guruh bosqichida ishtirok etayapmiz, guruhimizda kuchli jamoalar yig‘ilishgan. Jamomizda ko‘plab yosh futbolchilar to‘p tepishadi. Ularda ishtiyoq juda kuchli va ertaga bo‘ladigan o‘yin ular uchun sinov vazifasini ham o‘tab beradi. Biz raqibni yaxshilab o‘rgandik va futbolchilarimizga kerakli ko‘rsatmalarni berdik.

Bizni durang qoniqtiradimi? Futbolchilarimiz hujumkor o‘yinni yaxshi o‘zlashtirishgan, yuqorida ta’kidlaganimdek, ertaga ijobiy natija uchun maydonga tushamiz.

Biz ertaga himoyaviy o‘yin o‘ynaymizmi yoki hujumkor o‘yin? Bu borada yuqorida fikrimni aytib ketdim. “Nasaf” himoyaviy o‘yinni yoqtirmaydigan jamoa hisoblanadi. Agar hujum qilmasang gol ham ura olmaysan va kerakli natijaga ham erisha olmaysan. Albatta himoya ham kerak, ammo biz ertaga 90 daqiqa himoyada o‘ynamoqchi emasmiz", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

— Ertaga “Ozodiy”ga ko‘pminglab muxlislar tashrif buyurishadi. Sizda asosan yosh futbolchilar ko‘p. Bu holat ularni gangitib qo‘ymaydimi?
— Bu holat bizning yosh o‘yinchilarga rag‘bat bo‘lar edi. Qani endi stadion muxlislarga to‘lib toshsa. Futbolchilar bundan faqat kuch olishadi. Biz uchun bu yoqimli bo‘lar edi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 18:22, 12.02.2018.
O'qildi: 6141 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик