Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Agent: «Beylning Neymardan qolishadigan joyi yo‘q»

Agent: «Beylning Neymardan qolishadigan joyi yo‘q»

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“O‘ylaymanki, Garetningnarxi Neymardan kam emas. U “Real”ni yaxshi ko‘radi va hech qayerga ketish haqida o‘ylayotgani yo‘q. Shuningdek, unga Ronalduning ketishi va keyin yulduz bo‘lib qolishi ham qiziq emas. Beyl hozirda ham “Real” yulduzi hisoblanadi.

Garet yosh futbolchilar uchun yaxshi namuna bo‘la oladi. Siz Beylni hech qachon fastfud bilan qornini to‘ydirayotganini ko‘rmaysiz. U juda ham erta uxlaydi va erta uyg‘onadi.

Kelajakda Beyl albatta, “Oltin to‘p” sovriniga ega bo‘ladi. “A” seriya klublari Beylni sotib olish haqida hech qachon o‘ylab ko‘rishmaydi. To‘g‘ri, avvalroq bir Italiya jamoasidan taklif kelib tushgandi, ammo “Tottenxem” futbolchisini sotishni istamagan”, – dedi Barnetta.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 00:47, 13.02.2018.
O'qildi: 4050 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.