Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Osiyo chempioni Odilbek Hamrobekov «Malibu»ni otasiga sovg‘a qildi

Osiyo chempioni Odilbek Hamrobekov «Malibu»ni otasiga sovg‘a qildi

Baho:
+1 | -1

O‘zbekiston milliy axborot agentligi saytida Osiyo chempioni, Qarshining Qarshining «Nasaf» klubi yarim himoyachisi Odilbek Hamrobekovdan intervyu e’lon qilindi.

Namangan viloyatida tug‘ilib o‘sgan futbolchi «Nasaf»da qanday paydo bo‘lganini izohlar ekan, «Navbahor»ga taktikasi to‘g‘ri kelmagan»ini aytadi.

Futbol sirlarini maktabda ustozim Mahmudjon Rahimov o‘rgatgan. U kishining tavsiyasi bilan To‘raqo‘rg‘onga bordim. «Navbahor» futbol maktabida tahsil olishni rejalashtirgan edim. Lekin o‘yin taktikam ularga to‘g‘ri kelmadi chog‘i, meni maktabga qabul qilishmadi. 2011 yil Qarshidagi «Nasaf» futbol akademiyasiga yo‘l oldim va Qarshida tahsilni davom ettirdim. O‘shandan buyon «Nasaf» klubi sharafini himoya qilib kelyapman.

«Shifokorlaringga rahmat degin»

Ikki yil avvalgi tibbiy ko‘riklardan so‘ng futbol o‘ynamay qo‘yganimda juda ko‘p muxlislar o‘sha vaqtlarda turli fikrlar bildirishgan edi, shu masala yuzasidan klubni, shifokorlarni ayblashdi. Bu bo‘yicha keskin tanqidlar ham bo‘lgan. Mavridi kelganda aytay, men bunday fikrdan yiroqman va noo‘rin fikrlarga qo‘shilmayman. Bunday o‘ylaydiganlarga javobim shundayki, meni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgandan so‘ng futbol o‘ynashdan vaqtincha to‘xtatishdi. O‘sha vaqtdagi murabbiy meni olimpiya saralash uchrashuvlariga olib ketishga rosa harakat qildi. Shiforkorlarga ko‘rsatishdi. Davolanib chiqdim, shunda ham shifokorlar ruxsat berishmadi. Shunda o‘zim ham salomatligimga jiddiy shikast yetgan deb havotirga tushdim. «Nasaf» klubiga katta rahmat aytaman, chunki klub rahbarlari meni yolg‘izlatib qo‘ymasdan Germaniyaga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuborishdi. Germaniyalik shifokor menga: «Borib shifokorlaringga rahmat aytib qo‘ygin, seni futboldan vaqtida to‘xtatishibdi. Endi asta-asta o‘ynasang bo‘laveradi» - dedi. Xullas, Germaniyadan yangi umid va ishonch bilan qaytdim, o‘zgacha bir sog‘inch bilan futbol o‘ynashni boshladim, o‘z ustimda astoydil shug‘ullandim.

«Prezidentning sahifasini kuzatib boraman»

Jamoadoshlarimning barchasiga rahmat! Bilasiz, futbol yakka kurash emas, jamoaviy o‘yin hisoblanadi. Barcha do‘stlarim ko‘magida shu muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdik. Shunday Prezidentimiz borligidan faxrlanaman! U kishining «instagram»dagi sahifalarini muntazam kuzatib boraman. O‘sha kuni biz haqimizdagi iliq fikrlarni eshitib, o‘zimga bo‘lgan ishonch yanada kuchaydi. O‘zimga ruhiy dalda, ko‘mak oldim. Oilamdagilar ham juda xursand bo‘lishdi. Oddiy dehqon oilasidanman. «Malibu»ni dadamga sovg‘a qildim. Ota-onamizga qancha sovg‘a bersak shuncha oz.

«Jahon chempionatiga albatta boramiz!»

30 milliondan ortiq xalqimiz jahon chempionatiga chiqishimizni shuncha yildan beri orziqib kutmoqda. Jamoadoshlarim ham buni his qilib turishibdi. Oldimizda turgan o‘sha marra – jahon chempionatiga albatta boramiz! Bunga kuchimiz ham imkonimiz ham yetadi!

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 12:35, 13.02.2018.
O'qildi: 9959 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.