Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Fransiya futbol federasiyasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi

Fransiya futbol federasiyasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 23 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Parijda Fransiya futbol federasiyasi mutassaddilari bilan uchrashib,yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishgandi.

Jumladan, Fransiya futbol federasiyasi Prezidenti mahkamasi boshlig‘i Janob Kenni Jan Mari uchrashuv davomida bolalar futboli bo‘yicha fransiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelish, yurtimizdagi yosh futbolchilarni Fransiya jamoalariga jalb qilish, Superligada ishtirok etadigan jamoalarning saviyasini oshirish, ularning ish faoliyatini Yevropa andozalari asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida klublar bosh direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oshirish va tajriba o‘rganishga yuborish masalalari muhokama qilingandi.

Bundan tashqari, shu yilning aprel – may oylarida Fransiya futbol federasiyasi vakillari yurtimizga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgani ma’lum qilingandi.

Ana o‘sha kelishuvga ko‘ra shu yilning 14 mart kuni Fransiya futbol federasiyasi vakillari Janob Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu yurtimizga tashrif buyurishadi. Ular Superliga klublarining marketing bo‘yicha mutaxassislari ishtirokidagi seminarlarida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, klublarimizning marketing bo‘yicha faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga yordam berishadi. Shuningdek, bolalar futboli murabbiylari va seleksionerlar ishi bilan yaqindan tanishib, ularga amaliy maslahatlar berishi ko‘zda tutilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:37, 13.02.2018.
O'qildi: 3330 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик