Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shoakram Isroilov: «Yangiliklarni o‘zimiz o‘rganmasak, birov bizga kelib o‘rgatib bermaydi»

Shoakram Isroilov: «Yangiliklarni o‘zimiz o‘rganmasak, birov bizga kelib o‘rgatib bermaydi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Reportajlar

Bugun poytaxtimizdagi O‘zbekiston milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan sport federasiya va assosiasiyalar, Olimpiya zaxiralari sport kollejlari, Iqtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari tizimlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar o‘rtasida uchrashuv, o‘ziga hos ochiq muloqot  tashkil qilindi.

Shoakram Isroilov yig‘ilishni ochib berar ekan, ushbu uchrashuvni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ayni paytda mamlakatimizda sport sohasining eng quyi bo‘g‘inlarida yuzaga kelgan muammolar va ularning yechimini aniqlash orqali  yaqin kunlarda muhtaram Prezidentimiz tomonidan imzolanishi kutilayotgan sport sohasini rivojlantirishga doir yangi qarorning mukammal ko‘rinish hosil qilishiga zamin yaratishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shaxsan Prezidentimiz topshiriqlariga binoan tashkil etilgan uchrashuvda soha mutaxassislari o‘z takliflari bilan chiqish qilishdi. Mavjud muammolar va ularning yechimi xaqida so‘z bordi. Shuningdek, ayni paytda yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanmaslik, buning oqibatida natijalarning pasayib ketishi, seleksiya ishlarining to‘g‘ri yo‘nalishda olib borilmasligi, yosh va iqtidorli sportchilarning chetda qolib ketayotganligi eng katta kamchilik ekanligi ta’kidlandi.

Olimpiya zaxiralari kollejlari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari faoliyati islohotlarga muxtoj ekanligi, malakali kadrlar yetishmasligi, maktabgacha ta’lim muassasalari hamda o‘rta maktablarda jismoniy tarbiya fani va sport to‘garaklari talab darajasida o‘tilmasligi kabi muammolar ko‘tarildi.

Isroilov tomonidan yurtimiz sporti dovrug‘ini yuqori ko‘tarish, muvaffaqiyatga erishish, chet el tajribasini o‘rganish uchun xalqaro aloqalarni rivojlantirish lozimligi alohida qayd etildi.

"Sir emaski, sport bugungi kunda katta siyosat darajasiga chiqib bo‘lgan. Agar yangiliklarni, tajribalarni o‘zimiz o‘rganmasak, birov bizga kelib o‘rgatib bermaydi. Buning uchun qo‘lga kitob olish, izlanish kerak", - deya kuyunib gapirdi Jismoniy tarbiya va sport vaziri.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 22:09, 16.02.2018.
O'qildi: 2831 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.