Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori sport masalasidagi yig‘ilishga nima uchun keldi?

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori sport masalasidagi yig‘ilishga nima uchun keldi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Reportajlar

Bugun poytaxtimizdagi O‘zbekiston milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan sport federasiya va assosiasiyalar, Olimpiya zaxiralari sport kollejlari, Iqtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari tizimlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar o‘rtasida uchrashuv, o‘ziga hos ochiq muloqot  tashkil qilingani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov, Davlat maslahatchisining o‘rinbosari Bekzod Mavlyanov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va mamlakat futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilovlar ishtirok etishdi.

Shaxsan Prezidentimiz topshiriqlariga binoan tashkil etilgan uchrashuvda soha mutaxassislari o‘z takliflari bilan chiqish qilishdi. Mavjud muammolar va ularning yechimi xaqida so‘z bordi.

Shuningdek, ayni paytda yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanmaslik, buning oqibatida natijalarning pasayib ketishi, seleksiya ishlarining to‘g‘ri yo‘nalishda olib borilmasligi, yosh va iqtidorli sportchilarning chetda qolib ketayotganligi eng katta kamchilik ekanligi ta’kidlandi.

Olimpiya zaxiralari kollejlari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari faoliyati islohotlarga muxtoj ekanligi, malakali kadrlar yetishmasligi, maktabgacha ta’lim muassasalari hamda o‘rta maktablarda jismoniy tarbiya fani va sport to‘garaklari talab darajasida o‘tilmasligi kabi muammolar ko‘tarildi.

Mazkur yig‘ilishda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov so‘zga chiqib shunday dedi:

"Yaqin kunlar ichida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan imzolanadigan qarorda Siz - soha mutaxassislarning fikri ham inobatga olinishi kerak.

Albatta, haqli savol tuzilishi tabiiy. Nima uchun Bosh prokuror sport masalasidagi yig‘ilishga keldi? Chunki, yangi qaror ijrosi aynan Bosh prokuratura tomonidan nazorat qilinadi.

Buning uchun katta ishchi guruhi tuzilgan. Shu sababli ham, mamlakat rahbarining topshirig‘i bilan bu yerga keldim. Sport tizimini tubdan isloh qilish, qayta ko‘rib chiqish uchun nimalar qilishimiz lozim?

Yangi qaror uchun qanday qo‘shimchalar kiritsak samaradorlikka erishishimiz mumkin bo‘ladi?

Marhamat, o‘z fikringiz bilan o‘rtoqlashing", - dedi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 22:15, 16.02.2018.
O'qildi: 6475 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.