Menxengladbax «Borussiya»ning matbuot xizmati o‘z ishini qoyilmaqom darajada uddalamoqda. Ayniqsa, klubning «Tvitter»dagi sahifasi alohida ajralib turadi.
Bombardir.ru sayti bir qator misollarni keltirish asnosida «Borussiya» sahifasini dunyodagi eng yaxshisi sifatida ta’rifladi.
* Hammasi 2016 yilning kuzida, Menxengladbax jamoasi CHLda o‘ynagan vaqt boshlandi.
Qahvaxonalardan birida «Seltik» fanatlari Germaniya klubi nomini talaffuz qilish qiyin ekanligini aytib, shunchaki, oddiy talqin qilishdi: «Nemis jamoasi». Menxengladbaxda buni o‘ziga xos tarzda baholashdi.
* Keyinroq «Tvitter»da A German Team iborasini ishlata boshlashdi. Bunga nafaqat «Bavariya» va «Ba-yer» vakillari, hattoki, CHLning rasmiy akkaunti ham alohida munosabat bildirdi.
* Hammasi tarixga muhrlandi. Aytgancha, nemislar «Seltik»ka alohida surat bilan javob berishga qaror qilishdi. A German Team yozuvli atributlar esa do‘konda qo‘lma-qo‘l bo‘ldi.
* Bundan bir oycha muqaddam «Borussiya»ning ispan akkaunti xabariga Lionel Messining o‘zi minnatdorchilik bildirgandi. «Tvit» orqali jarohatlangan argentinalik futbolchiga tezroq safga qaytishni tilashgandi.
* O‘tgan yil kuzda Menxengladbax «Borussiya»si Dortmundnikiga 1:6 hisobida yutqazgach, ijtimoiy tarmoqlarda raqib safida gol urgan barcha futbolchilar familiyasini yozish o‘rniga oddiy izoh berildi - «Ular ju-da ko‘p».
* «Real» CHL o‘yini uchun Menxengladbaxga kelgach, «Borussiya»ning «Tvitter»dagi sahifasi yana yorqinlashdi - «Agar u yerda himoyamizni topsangiz, iltimos, uni ortga qaytarib yuboring».
* «Borussiya» vakillari «Tvitter»da 280ta harf-belgi bilan xabar yozish imkoniyati tug‘ilganiga ham darhol e’tibor qaratishdi: «Endi klubimiz nomini bus-butun holda keltirishimiz mumkin!».
* «RB Leypsig»ga qarshi kechgan o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida, «Borussiya» «tvitter»chilari raqib vakillariga «xoch va nollar» o‘yinida bahslashishni taklif qilishdi.
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.