Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

"Neftchi" savobli ishga qo‘l urdi

"Neftchi" savobli ishga qo‘l urdi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yangi mavsum boshlanishi arafasida "Neftchi" PFK ma’muriyati tashabbusi bilan jamoa a’zolari hamda mutassadlari nogironlar, qariyalar va bolalar uyiga tashrif doirasida xayriya aksiyasiga qo‘l urishdi. 

Tashrif "Muruvvat nogironli bo‘lgan bolalar uchun internet"dan boshlandi. Jamoa a’zolarini muassasa rahbari Abdug‘ani Turdiboyev va bir qator ishchi-xodimlar qarshi olishib, tadbirga yig‘ilgan imkoniyati cheklangan bolalar oldiga boshlab borishdi.

Tadbirni "Neftchi" PFK matbuot xizmati xodimi Hojiakbar Jabborov tantanali ravishda ochib, so‘z navbatini klub texnik direktori Abdusamad Nazirdinovga taqdim etdi.

- Jamoamiz Sizlar bilan uchrashuvni anchadan beri niyat qilib kelgandi, - deb gap boshladi   Abdusamad Nazirdinov - Rahbarlarimiz ham Siz bolajonlarga o‘zlarining samimiy tilaklarini yetkazib qo‘yishni iltimos qilishgan. Mana bahor ayyomi ham yaqinlashmoqda. Shu qatori xotin-qizlar va "Navro‘z" bayramlari bilan hammani tabriklab qolamiz. Barcha qilayotgan xayirli ishlarimiz xalqimizning farovon xayoti uchun, biz esa o‘z o‘yinlarimiz orqali Farg‘ona ahlini bu yil xushnud etib, yuqori marralarni zabt etgan holda jamoaning mavqeini tiklashga va’da beramiz. Nasib qilsa,  bu yildan boshlab chempionatimiz bahslari televideniye orqali jonli efirda namoyish etilishi kutilmoqda. Shu sabab "Neftchi" ishtirokidagi o‘yinlarni TV orqali ko‘rishingiz uchun bugun jamoamiz nomidan mazkur  muassasaga televizor  sovg‘a qilmoqchimiz, - dedi A.Nazirdinov

Shuningdek, jamoa himoyachisi Shukur Po‘latov ham so‘zga chiqib, imkoniyati cheklangan bolalar va muassasa xodimlariga o‘z niyatlarini bildirdi. Bolajonlar mehmonlarning sovg‘a- salomlarini qabul qilgach, mazkur uchrashuvdan bir olam zavq olishganini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.

Shundan so‘ng "Neftchi" a’zolari Farg‘ona shahridagi  “Qariyalar uyi”ni ziyorat qilib, u yerdagi keksalar bilan hamsuhbat bo‘ldilar. Darhaqiqat, inson dunyoga kelib o‘sadi, ulg‘ayadi, umr guzaronlik qiladi. Kechagi go‘dak bugun yigit, bo‘yi yetgan qiz. Vaqt o‘tishi bilan, nasib etsa, har bir inson qarilik yoshiga yetadi, bu – hayot qonuniyati. Futbolchilarning o‘zlari ham yoshi ulug‘larning holidan xabar olib, ko‘ngillari ko‘tarildi. Mavsum davomida mana shunday uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazib turishni ta’kidlashdi.

Kunning ikkinchi qismida Marg‘ilon shahridagi 1-sonli bolalar uyi "Neftchi"ning so‘nggi tashrifiga aylandi. Mazkur  muassasada tarbiya topayotgan bolalar futbolchilarni iliq kutib olishdi. Uchrashuv davomida ularga ham klub sovg‘alari taqdim etildi. Tadbir so‘ngida "Mehribonlik uyi" rahbariyati sportchilarga tashriflari uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.  

 

"Neftchi" matbuot xizmati   

 

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 20:03, 22.02.2018.
O'qildi: 2662 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.