"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionatida "Leganes"ga qarshi uchrashuvda (4:0) barcha gollar muallifi bo‘ldi.
Fransiyalik futbolchi bu uchrashuvda "poker"ga erishish bilan birga, 100 lik dovonini ham zabt etdi.
Grizmann o‘tgan turda "Sevilya" darvozasiga uchta gol urib, "xet-trik" qilgan edi.