Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Nikola Valentich: «Qo‘qon-1912» hali o‘z so‘zini aytadi»

Nikola Valentich: «Qo‘qon-1912» hali o‘z so‘zini aytadi»

Baho:
+ | -

2016 yilda “Qo‘qon-1912” jamoasida to‘p surgan Nikola Valentich himoyadagi ishonchli o‘yinlari orqali muxlislarda yaxshi taassurot qoldirgan edi. Kecha serbiyalik futbolchi bilan qisqacha suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldik.

- Salom, Nikola gaplashmaganimizga ham ancha bo‘ldi. Hozir nima bilan bandsiz, qaysi jamoada o‘ynayapsiz?

- Hozir uydaman, hech bir jamoada o‘nayotganim yo‘q.

- Demak, bo‘sh vaqtingiz ko‘p va sobiq jamoangiz “Qo‘qon-1912” klubi natijalarini ko‘zatib borishga fursat topyapsiz.

- Ha, “Qo‘qon-1912”ga befarq emasman. Jamoaga bo‘lgan mehrim bo‘lakcha. U yerda qisqa fursat to‘p surgan bo‘lsam-da, yorqin damlarni o‘tkazganman. Shuning uchun imkon topdim deguncha “Qo‘qon-1912” jamoasiga doir xabarlarni o‘qishga harakat qilaman. Ularning natijalarini bilib boraman.

- Bu yildan e’tiboran “Qo‘qon-1912” safida yana ikki nafar serbiyalik futbolchilar - Marko Milich va Milan Spremolar to‘p sura boshlashdi. Mazkur o‘yinchilarni taniysizmi?

- Har ikki futbolchini ham yaxshi taniyman. Marko ham Milan ham ancha tajribali o‘yinchilar sarasiga kiradi. Ular “Qo‘qon-1912”ga yordam bera olishlariga ishonaman.

- Joriy mavsumda yangicha formatda o‘tayotgan Superliga bahslari haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. “Qo‘qon-1912” jamoasi mavsum startidagi uchta o‘yinni safarda o‘tkazdi va ularning ikkitasida mag‘lubiyatga uchradi.

- Superliga haqida eshitdim. U yerda 12 jamoa ishtirok etayotganidan ham xabarim bor. Qo‘qonliklar mavsumni yaxshi boshlay olishmaganini ham bilaman. Lekin hali hammasi oldinda deb o‘ylayman. No‘’mon Hasanov kuchli mutaxassis u jamoa o‘yinini kuchaytira oladi. Uning jamoasi oldinga qarab ketmoqda.  “Qo‘qon-1912” hali o‘z so‘zini aytadi.

- Yana bir hamyurtingiz Darko Gojkovich ushbu mavsumda ham Qo‘qonda o‘ynamoqda. U bilan gaplashib turibsizmi? Uning jamoa haqidagi fikrlari qanday?

- Darko bilan tez-tez gaplashib turamiz. U Qo‘qonda baxtiyor ekanligini “Qo‘qon-1912” jamoasi oldiga yuqori maqsad qo‘yilagani aytdi.

- Qo‘qonlik muxlislar borasidagi fikrlaringiz...

- Qo‘qonlik futbol ixlosmandlari haqida ko‘p gapirish mumkin. Ular jamoani juda yaxshi ko‘rishadi. Har doim “Qo‘qon-1912”ni qo‘llab-quvvatlab turishadi. Ularga har qancha minnatdorchilik izhor etsak ham kam.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 18:21, 18.03.2018.
O'qildi: 1962 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.