Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Bugun Qarshida futbol. “Nasaf” – “Persepolis”.

Bugun Qarshida futbol. “Nasaf” – “Persepolis”.

Baho:
+ | -

Qarshi shahridagi “Markaziy” stadioni bugun yana bir katta futbolga mezbonlik qiladi.

“Nasaf” OCHL-2018ning 5-tur doirasidagi uchrashuvda Eronning “Persepolis” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur uchrashuvni FIFA hakami Ali Abdulnabi boshchiligidagi Bahraynlik hakamlar boshqaradi. Qanotlarda uning hamyurtlari Muhammad Salmon va Abdulla Alravoiymilar yordam berishadi. Ismoil Habib Ali esa zaxira hakami sifatida ishlaydi.

Hakamlar ishini Gonkonglik Lam Chi Xo nazorat qiladi.

Uchrashuv komissari Ali Jabroil, Falastindan.

 

OCHL-2018. “S” guruhi, 5-tur

“Nasaf” (Qarshi) – “Persepolis” (Eron)

02.04.2018. “Markaziy” stadion. 19:30

 

Bosh hakam: Ali Abdulnabi (Bahrayn)

Qanot hakamlari: Muhammad Salmon (Bahrayn), Abdulla Alravoiymi (Bahrayn)

Zaxira hakami: Ismoil Habib Ali (Bahrayn)

Nazoratchi: Lam Chi Xo (Gonkong)

Komissar: Ali Jabroil (Falastin).

 

Bugungi uchrashuv har ikkala jamoa uchun juda muhim sanaladi. Ayniqsa “ajdarlar” uchun bugungi uchrashuvdagi g‘alaba guruh bosqichidagi imkoniyatini oshiradi.

Raqib juda kuchli. Ular deyarli mamlakat chempionligini hal qilishib, bor kuchlarini OCHLga qaratishgan.

Ammo “Nasaf” uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazadi. “Markaziy”ga tashrif buyurgan ming-minglab klubimiz ishqibozlari, futbolchilarimizga dalda bo‘lishadi. Bu jamoamizga nafaqat qo‘shimcha kuch, balki ruhiy ustunlik ham beradi. Ruhan kuchli jamoaga har qanday raqib dosh bera olmaydi.

Aslida har qanday kuchli raqibga qarshi munosib kurasha oladigan “ajdarlar”, muxlislarimizda shunday ishonchni paydo qilishgan. Bugun ham vohalik futbol ishqibozlari “Nasaf”dan g‘alaba kutishmoqda. Yigitlarimiz ana shu ishonchni oqlash uchun yana bir muhim uchrashuvda maydonga tushishadi. Biz barcha muxlislarimiz nomidan jamoamizga omad va zafar tilaymiz.

Olg‘a yigitlar!

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 09:05, 02.04.2018.
O'qildi: 4614 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик