Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

PFL direktori Omon G‘ofurov Ispaniyada “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

PFL direktori Omon G‘ofurov Ispaniyada “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Shu yilning 22 yanvar kuni O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol federasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib, "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Uchrashuv davomida "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O‘zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabi ochilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Ana shu kelishuv bo‘yicha ish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Kelishuvga ko‘ra "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.

Shuningdek, yurtimizdagi iste’dodli bolalarni "Real" Madridga olib borish, "Qirollik klubi" tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda ularning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham hamkorlik qilinadigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, "Real Madrid" Akademiyasi dunyoning eng kuchli va zamonaviy akademiyalaridan biri bo‘lib, akademiya hududi 50 gektar joyni egallaydi. Bu yerda 1000 nafarga yaqin xoimlar ish olib boradi. "Qirollik klubi" akademiyasi ayni paytda xorijiy davlatlarda faqat Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida ish olib bormoqda.

Endilikda ushbu dastur asosida "Real Madrid" metodologiyasini o‘zbekistondagi futbol klublarida ham qo‘llash, futbolchilar bilan yangicha uslubda mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra shu yilning iyun oyida “Real Madrid” klubi akademiyasi mutasaddilari va vakillari yurtimizga tashrif buyuradigan bo‘lishdi. Ular O‘zbekistonda bir oyga yaqin vaqt davomida bo‘lib, “Qirollik klubi” akademiyasini tashkil etish, yurtimizdagi futbol maktablari va akademiyalarida ispan futboli metodikasi bo‘yicha ish olib borish, bolalar futboli murabbiylarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish borasida ish olib borishadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 10:27, 04.04.2018.
O'qildi: 2511 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.