Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“CHig‘atoy”da «Yosh futbolchilar» guruhlari faoliyat yuritmoqda

“CHig‘atoy”da «Yosh futbolchilar» guruhlari faoliyat yuritmoqda

Baho:
+ | -

Futbol taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan islohotlar ko‘lamini kengaytirish va ularning amalga oshirilishini tezlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini futbol bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” sport bazasida joylashgan Respublika futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish Oliy maktabi qoshida “Yosh futbolchilar” guruhlari faoliyat yuritmoqda.

Ushbu guruhlarda respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 2000-2012 yillarda tavallud topgan 150 nafarga yaqin bolalardan iborat jami 9ta guruh mavjud bo‘lib, tajribali mutaxassislar, o‘z vaqtida mashhur futbolchi bo‘lgan Zayniddin Tojiyev, Eldor Magdeev, Hikmat Hoshimov boshchiligida mashg‘ulotlar olib borishmoqda.

Yosh futbolchilar tajribali mutaxassislardan futbol sir-asrorlarini o‘rganish jarayonida nazariy mashg‘ulotlar bilan birga 2ta tabiiy va 1ta sun’iy qoplamali maydonda amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazishadi.

Mashg‘ulotlar haftasiga uch-to‘rt marta bo‘lib, har haftaning oxirgi kunida guruhlar o‘rtasida nazorat uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, ushbu guruhlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari futbol bilan bepul shug‘ullanishmoqda.

“Yosh futbolchilar” guruhi tarbiyalanuvchilari futbol bo‘yicha Toshkent shahar Birinchiligida ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda.

"Yosh futbolchilar" guruhiga a’zo bo‘lish istagida bo‘lgan bolalar sinov asosida qabul qilinadilar. Murojaat uchun raqamlar: +998 90 954 46 20, +998 90 946 00 79 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:25, 09.04.2018.
O'qildi: 2903 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик