Angliya chempionatining qoldirilgan 35-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Brayton” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Uchrashuvda 3:1 hisobi qayd etilib, APL chempionlaridan yana g‘alaba qayd etildi.
16-daqiqada Danilo hisobni ochib bergan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib, Ulyoa farqni tenglashtirdi. Shundan so‘ng hujumga zo‘r bergan “shaharliklar” Silva va Fernandinyoning gollari evaziga o‘z maydonlarida g‘alabani rasmiylashtirishdi va 37-turdan so‘ng ochkolari sonini 97taga yetkazdi.
APL, 35-tur.
Manchester Siti – Brayton 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 16 Danilo, 1:1 – 20 Ulyoa, 2:1 – 34 Bernardu Silva, 3:1 – 72 Fernandinyo.
Manchester Siti – Bravo, Laport, Kompani, Danilo, Zinchenko (Mendi, 76), Gyundogan, Fernandinyo, Bernardu Silva, Ture (Nmecha, 86), Sane, Gabriel Jezus (Braim Dias, 83).
Brayton – Rayan, Daffi, Bong, Saltor, Dank, Propper, Stivens, Knokert, Gross (Kayyal, 73), Iskyerdo (March, 79), Ulyoa (Lokadiya, 73).
Ogohlantirishlar: Daffi (37).