Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-2 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Moskvada FIFAning navbatdagi kongressi o‘z ishini boshladi

Moskvada FIFAning navbatdagi kongressi o‘z ishini boshladi

Baho:
+ | -

Bugun Rossiya poytaxtida Xalqaro futbol federasiyalari Assosiasiyasi (FIFA)ning 68-kongressi boshlandi.

Ushbu kongress kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala – 2026 yili bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun mezbonni aniqlashdan iborat. Moskva shahridagi «Ekspomarkaz»da bo‘lib o‘tayotgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, shuningdek, O‘FA bosh kotibi Sardor Rahmatullayevlar ham ishtirok etishmoqda. Shuningdek, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham kongressga tashrif buyurdi va chiqish qildi.

Ma’lumot uchun, JCH-2026 bahslariga mezbonlik qilish uchun AQSH-Meksika-Kanada va Marokash mamlakatlari kurash olib borishmoqda. Qayd etib o‘tish lozimki, bungacha xech qachon uchta mamlakatda jahon chempionati o‘tkazilmagan. Mezbonlik uchun nomzodlarni tanlashda Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan nomzodlar qabul qilinmagan. Chunki, yaqinda start oladigan Mundial Rossiyada, 2022 yilgi jahon birinchiligi esa Qatarda o‘tkaziladi.

Kongress kun bo‘yi davom etadi. JCH-2026 mezbonini aniqlash kun tartibining 13-masalasi hisoblanadi. Shuningdek, bugun 69-Kongressga Parij shahri mezbonlik qilishi ham rasman e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan. Qolaversa, ishtirokchilar JCH-2018ga tayyorgarlik, 2017 yilgi moliyaviy yakunlarga oid masalalarni ham muhokama qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga Moskvadagi «Lujniki» arenasida jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda mezbon Rossiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yinni FIFAga a’zo barcha Kondeferasiyalar rahbarlari qatorida Umid Ahmadjonov ham bevosita stadiondan kuzatib boradi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:48, 13.06.2018.
O'qildi: 2946 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.