Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

JCHdan chalg‘ib... Yoki kuchli beshlik chempionatlarining eng yaxshi va antiqahramonlari haqida

JCHdan chalg‘ib... Yoki kuchli beshlik chempionatlarining eng yaxshi va antiqahramonlari haqida

Baho:
+ | -

Tushunarliki, jahon chempionati o‘tkaziladigan yillar milliy chempionat yakunlari matbuotda odatdagidek to‘laqonli tahlil qilinmaydi. Zero, Yevropada eng kuchli liga o‘yinlari tugashi bilan barcha-barcha o‘z diqqat-e’tiborini bo‘lajak mundial arafasidagi voqealarga qaratadi tabiiy ravishda.

Lekin birinchiliklar yakuni ko‘pchilikni yetarlicha qiziqtiradi, baribir. Shuni hisobga olib, Ispaniya, Angliya, Germaniya, Italiya va Fransiya elit divizionlari yakuniga bog‘liq eng asosiy jihatlarni yaxlit maqolada aks ettirishga urinib ko‘rdik.

O‘ylaymizki, bu xilma-xillikni xush ko‘ruvchi va turli-tuman ma’lumotlarga ehtiyojmand gazetxonlarimiz uchun ayni muddao.

ISPANIYA PRIMEROSI: «REKORDCHI «BARSA»

Bosh qahramon - Lionel MESSI. 34ta gol va 5-«Oltin butsa». Argentinalik dahocha shuning barobarida 12ta golga assistentlik qilib, bu borada jamoadoshi Luis Suares va Pablo Fornals («Vilyarreal») bilan birga chempionatning eng yaxshi natijasini ko‘rsatdi. Messi shuningdek, La-liga tarixida bitta mavsum davomida naq 6ta jarima zarbasini golga aylantirgan 4-futbolchi bo‘ldi.

Bosh omadsiz - Xose Anxel SIGANDA. 6 yil davomida «Atletik» o‘rinbosarlarini binoyidek boshqargan baskoniyalik murabbiy bosh jamoada Ernesto Valverde o‘rnini egalladiyu, yangi rolda vazifani uddalay olmadi - mavsumni YELda boshlashgan «sherlar» oxirgi 11 yildagi eng past natijani qayd etishdi - 16-o‘rin.

Bosh kashfiyot - «BETIS». Sevilya jamoasi so‘zsiz, mavsumning asosiy kashfiyoti bo‘ldi. Qarang, avvalgi chempionatda 15-o‘rinni band etib, elitada zo‘rg‘a joy saqlab qolgan «Betis» bu safar hattoki, ancha kuchli qo‘shnisi - «Sevilya» (7-o‘rin)ni ortda qoldirib, yuqori oltitalikka kirdi. Muhimi, kamtarin jamoa 5 yillik tanaffusdan keyin YELga qaytadigan bo‘ldi.

Bosh xafagarchilik - «MALAGA»ning pasayishi. 5 yilcha yilcha oldin Isko yordamida CHL chorak finalida o‘ynashgan, avvalgi mavsum esa o‘z maydonlarida «Barselona» (2:0), «Valensiya» (2:0) va «Sevilya» (4:2) kabi kuchli raqiblarni ishonch bilan mag‘lub etishgan «anchouslar» bu safar startdayoq qo‘l ko‘tarishdi.

Deylik, «Malaga»ning ilk g‘alabasini 10ta tur kutishga to‘g‘ri keldi. Yakun shuki, jamoa Primerodagi 10 yillik ishtirokdan so‘ng Segundaga ravona bo‘ldi.

Bosh voqea - INYESTA xayrlashuvi. Ispan La-ligasi mavsum oxirida bir qator sodiq o‘g‘lonlari bilan xayrlashdi - Xabi Priyeto («Real Sosyedad»), Fernando Torres («Atletiko»). Lekin «Barselona» faxriysi Andres Inyesta bilan vidolashuv alohida voqelik hisoblanadi, baribir.

Mamlakat futboli tarixidagi eng muhim gol muallifi «ko‘k-anorranglilar» safidagi 16 yillik faoliyatidan so‘ng Yaponiyaga yo‘l oldi.

Eng yaxshi murabbiy - Ernesto VALVERDE. Ortiqcha ta’rifga hojat yo‘q. «Barselona»dagi ishini Ispaniya superkubogi uchun bahslardagi mag‘lubiyatlar bilan boshlagan mutaxassis keyinchalik barchasini to‘g‘rilab, yo‘l-yo‘lakay bir qator ichki rekordlarni yangiladi.

Eng asosiysi, «Barsa» chempionlik yo‘lida aytarli muammoga uchramadi. Eh, kataloniyaliklar agar 37-turda «Levante»ga yutqazishmaganidami, mag‘lubiyatsiz mavsum Valverde obro‘sini yanada oshirib yuborardi.

Raqamlar

*** Andres Inyesta «Barselona» safidagi o‘yinlari sonini 675taga yetkazib qo‘ydi.

*** Krishtianu Ronaldu chempionatdagi ilk golini oktyabr oyi o‘rtalarida urdi. Bu orada uning golsiz seriyasi 355 daqiqaga yetdi. Portugaliyalik yulduz «Re-al»dagi 9 yillik faoliyati davomida bu qadar uzun omadsiz seriyaga biror marta yo‘liqqan emasdi.

*** «Barselona» klub tarixidagi eng qimmatbaho ikki futbolchiga jami 235 million yevro (transfermarkt.de ma’lumoti) to‘ladi.

Kataloniyaliklar avgustda Usmon Dembele uchun Dortmund «Borussiya»siga 115 million berishdi, yanvarda esa 120 «limon» evaziga Filippe Koutinyo («Liverpul») transferini amalga oshirishdi.

*** Lionel Messi Ispaniya chempionatidagi samarali uzatmalari sonini 148taga yetkazib, bu borada La-liganing mutlaq  rekordchisiga aylandi.

Aniqroq aytsak, argentinalik yulduz fevral oxirida Michel («Real»)ning naq 20 yildan ko‘proq muddat ushlanib turgan natijasi (147ta golga hammuallif-lik)ni yaxshiladi.

*** «Barselona» mag‘lubiyatsiz seriyasini 43ta turga cho‘zib, «Real Sosyedad» tomonidan 38 yil oldin qayd etilgan rekord (qatorasiga 38ta o‘yinda mag‘lubiyatsiz odim)ni nafaqat yangiladi, balki ancha yaxshiladi ham.

*** «Barselona»ning «Selta»ga qarshi o‘yin (2:2)dagi boshlang‘ich tarkibida 1 nafar ham klub tarbiyalanuvchisi yo‘q edi. Kataloniya jamoasining faqat «begona»larga tayanishi oxirgi marta mavsum-2001|2002da kuzatilgandi.

Iboralar

- La-ligada raqobat kuchli, o‘ynash qiyin, lekin CHLda g‘alaba qozonish - o‘zgacha zavq-rohat. Zayniddin ZIDAN («Real» bosh murabbiyi).

 - To‘g‘ri, dekabr oyida «Real»ning Klublar o‘rtasidagi JCHda qozongan g‘alabasi sharafiga chempionlik yo‘lakchasi hosil qilmadik, chunki bu turnirda madridliklar bilan musobaqalashmadik.

Shu ma’noda aytsam, «Real» ham bizni chempionlik yo‘lakchasida qarshi olmasa kerak. Axir «Madrid» bu mavsum «Barsa»ga chinakam qarshilik ko‘rsata olmadi-ku...  Jerar PIKE («Barselona» himoyachisi).

Ispaniya chempionati ramziy terma jamoasi

Yan Oblak («Atletiko») - Xordi Alba («Barselona»), Samuel Yumtiti («Barselona»), Diyego Godin («Atletiko»), Alvaro Odriosola («Real Sosyedad») - Serxio Buskets («Barselona»), Andres Inyesta («Barselona»), Pablo Fornals («Vilyarreal») - Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Real»), Antuan Grizmann («Atletiko»).

ANGLIYA PREMYER-LIGASI: MISR YOG‘DUSI

Bosh qahramon - Muhammad SALOH. «Liverpul»ning misrlik hujumchisi risar unvoniga munosib ishladi, go‘yo. Qarang, Alan Shirerning buyuk rekordi (1ta mavsumda - 31ta gol) ham Saloh yog‘dusi oldida «eridi». Bu natijani faqat Krishtianu Ronaldu va Luis Suaresdek megato‘puparlargina takrorlagandilar.

Mana, Mo APL goleadorlari uchun cho‘qqini yana bir to‘p (gol) miqdorida yuqoriladi. Qolaversa, Afrika futboli vakili 3 oy yakuniga ko‘ra, APLning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi - bu ham rekord.

Bosh kashfiyot - «BERNLI». Shon Daych jamoasi bir yil oldin ligada qolish uchun ter to‘kkandi, qolaversa, yangi mavsum arafasida bir qator muammolarga uchradi (xususan, yetakchi himoyachisi Maykl Kin «Everton»ga yo‘l oldi). APL klublari orasida eng kam byudjetga ega «Bernli» shunga qaramay, mardonavor kurashib, yakunda aql bovar qilmas natijaga erishdi - 7-o‘rin va YEL yo‘llanmasi.

Diqqat qiling, Shon Daych shogirdlari atigi 39ta gol qo‘yib yuborishdi (bu «Liverpul» va «Chelsi»nikidan 1tagina ko‘p, «Arsenal»nikidan esa 12ta kam).  Demak, 11ta o‘yinda o‘z darvozasi daxslizligini saqlab qolgan Nik Poupga tasanno.

Bosh xafagarchilik - «EVERTON»ning depsinishi. Asosiy antimukofot egasi - «Everton». Zero, klub menejerlari yangi marralar orzusida naq 200 mln. yevro sarflashgandi.

Biroq Gilfi Sigurdsson va Devi Klassen, Maykl Kin va Jordan Pikford, shuningdek, Ueyn Runi ham kutilgan darajada yordam berolmadilar. Xullas, «Everton» turnir jadvali bo‘yicha oldinga siljish o‘rniga biroz orqaga ketdi - 8-o‘rin.

Bosh voqea: Arsen VENGER iste’fosi. Arsen Vengerning barmoq izlarini Londondagi Yulduzlar xiyoboniga bosish kerak. Shubha yo‘q, fransuz mutaxassisi nafaqat «Arsenal», balki butun Angliya futboli tarixida o‘zi uchun yorqin sahifa hozirladi.

Umuman, Arsenning «kanonirlar» boshqaruvidagi faoliyati haqida katta asar yozish mumkin: 22 yilda 17ta sovrin (xususan, 3ta chempionlik), mag‘lubiyatsiz mavsum (2003|2004) va sanog‘i yo‘q kashfiyotlar... Barchasi uchun rahmat, msye Venger!

Eng yaxshi murabbiy - Xosep GVARDIOLA. Muhokamadan mutlaqo xoli masala. Axir kataloniyalik mutaxassis «Manchester Siti»ni chempionlik marrasiga shunchaki, yetaklamadi, balki bu yo‘lda deyarli barcha rekordlar yangilanishini ta’minladi. 114 imkoniyatdan 100 ochko, 38 imkoniyatdan 32 g‘alaba, atigi 2ta mag‘lubiyat, naq 106ta gol...

Angliya chempionati ramziy terma jamoasi

David de Xea («MYU») - Markos Alonso («Chelsi»), Yan Vertongen («Tottenxem»), Nikolas Otamendi («Manchester Siti»), Kayl Uoker («Manchester Siti») - David Silva («Manchester Siti»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Kristian Eriksen («Tottenxem») - Serxio Aguero («Manchester Siti»), Garri Keyn («Tottenxem»), Muhammad Saloh («Liverpul»).

GERMANIYA BUNDESLIGASI - TARAQQIYOT MASHINASI

Bosh qahramon - Xames RODRIGES. «Xames? Ushbu ijara kelishuvidan ma’no nima? Boz ustiga, shunday baland narx...» — Germaniya matbuoti o‘tgan yoz kolumbiyalikning Bundesligaga yo‘l olganini aslo xushlamagandi. Amalda u «Bavariya» qudratini yanada oshirdi.

Xames Rodrigesga ayniqsa, Yupp Xaynkesning bosh murabbiy lavozimiga qaytgani ijobiy ta’sir qildi. Chunonchi, qariya mutaxassis kolumbiyalik yigitga to‘liq ishonch bildirdi va u bunga javoban Robert Levandovskini to‘p bilan ta’minlovchi bosh ijrochiga aylandi.

Bosh kashfiyot - Leon BEYLI. Bundesliga butun yevrofutbolni hech kim kutmagan yangi iqtidorlar bilan boyitishda davom etdi. Yamaykalik Leon Beyli aslida Belgiyaning «Genk» klubi safida ham ko‘zga tashlanib ulgurgandi. 20 yoshli yigitcha «Bayer» safini to‘ldirgach, ilk o‘yinlardan keyinoq «Yangi Robben» maqomini oldi.

Gap shundaki, Yamayka vakilining o‘yin uslubida usta gollandga xos belgilarni osongina payqash mumkin. Leon hozirda Angliya klublari, shuningdek, «Bavariya» e’tiborida turibdi. Deylik, myunxenliklar kechagi «notanish» yigitcha uchun naq 100 mln. yevro (klub tarixidagi rekord summa) taklif qilishmoqda. 

Bosh xafagarchilik - «GAMBURG»ning ligadan tushib ketishi. DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:29, 19.06.2018.
O'qildi: 4885 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.