Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

JCH-2018. Urugvay yirik hisobda Rossiyani mag‘lub etdi

JCH-2018. Urugvay yirik hisobda Rossiyani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Rossiyada davom etayotgan Jahon chempionatida 3-tur o‘yinlari boshlandi. "A" guruhidan o‘rin olgan Rossiya va Urugvay terma jamoalari o‘zaro o‘yinda guruhda 1-o‘rin masalasiga oydinlik kiritishdi.

Mezbonlarga qarshi bahs janubiy amerikaliklar uchun omadli boshlandi. Luis Suares shundoqqina jarima maydonchasi tashqarisidan belgilangan jarima zarbasini golga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 13 daqiqa o‘tib, yana jarima maydonchasi tashqarisidan — bu safar o‘yindan yo‘llangan zarba rekoshet orqali raqib darvozasidan o‘rin oldi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida Igor Smolnikov uchrashuvda ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. Bu esa Cherchesov shogirdlarining yumushini yanada og‘irlashtirdi.

O‘yinning eng so‘nggi daqiqasida Edinson Kavani Rossiya darvozasini yana bir marta ishg‘ol etib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Shu tariqa, Urugvay terma jamoasi "A" guruhida 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, mezbonlar 2-o‘rin bilan pley-offga chiqishdi. Ularning nimchorak finaldagi raqiblari nomi bugun tunda bo‘lib o‘tadigan "V" guruhi bahslaridan keyin aniq bo‘ladi.

JCH-2018, "A" guruhi, 3-tur
Urugvay – Rossiya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10 Suares, 2:0 – 23, avtogol Cherishev, 3:0 – 90 Kavani.
Urugvay – Muslera, Kaseres, Koates, Godin, Vesino, Nandes (Rodriges, 73), Torreyra, Laksalt, Bentankur (de Arraskaeta, 63), Kavani (Maksi Gomes, 90), Suares.
Rossiya – Akinfeev, Kutepov, Kudryashov, Smolnikov, Ignashevich, Zobnin, Gazinskiy (Kuzyayev, 46), Miranchuk (Smolov, 60), Samedov, Cherishev (Fernandes, 38), Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Gazinskiy (9), Smolnikov (28), Bentankur (59).
Chetlatish: Smolnikov (36).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:56, 25.06.2018.
O'qildi: 5606 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.