Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochgan chempionlar poytaxtimizda tantanali kutib olindi

O‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochgan chempionlar poytaxtimizda tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -1

Xabar berib o‘tganimizdek, 2-8 iyul kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda yosh polvonlarimiz mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd eta olishdi. Ya’ni, bungacha O‘zbekiston terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida birdaniga uchta oltin medal qo‘lga kirita olmagandi. Yakunlangan musobaqada esa yigitlarimiz millatimiz sporti tarixida yangi sahifa ochishdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugun tong saharda musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan yosh polvonlarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi mutasaddilari, muxlislar, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida erkin kurash bo‘yicha Jamshid Marufov oltin, Shahboz Komilov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yunon-rum kurashchilarimizdan esa Abror Atabayev va Lazizxon O‘zbekov oltin, Amir Sultonov bronza medaliga ega chiqishdi.

«Oltin medal sohibiga aylanganimdan keyingi hislarimni so‘z bilan tasvirlab bera olmayman. Hayajon juda kuchli bo‘ldi. Avvalambor, ustoz va murabbiylarimga rahmat aytmoqchiman. Jahon chempionati katta taassurot qoldirdi. Musobaqa ajoyib o‘tdi. Ayniqsa, O‘zbekiston madhiyasi yangragan payt o‘zimni juda boshqacha his qildim.

Eng qiyin jang? Yarim finalda italiyalik raqibimga qarshi bahs men uchun qiyin kechdi. Finalda amaldagi Osiyo chempioni hisoblangan yaponiyalik polvonga qarshi kurashdim, bu bahs ham anchagina murakkab tarzda o‘tdi. Ammo men chempionlik shohsupasi uchun yo‘l qiyin bo‘lishini oldindan bilardim va bunga ruhan tayyor edim.

Musobaqa oldidan barchamiz muvaffaqiyatli ishtirok etishimizga ishongandik. Erishilgan ushbu natijalar bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Kelajakda Olimpiada chempioni bo‘lmoqchiman», – dedi roppa rosa 20 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining oltin medalini taqdim etgan Jamshid Marufov.

Qahramon sportchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportidan ota-onalari va yaqinlari qurshovida usti ochiq sayyoxlik avtobusiga chiqib, poytaxtimiz ko‘chalari bo‘ylab o‘ziga hos chempionlar paradidan o‘tishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi, chempion sportchilarimiz va ularni tarbiyalagan ustozlarini ushbu tarixiy g‘alaba bilan muborakbod etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:31, 10.07.2018.
O'qildi: 4663 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.