Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

ROZK tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sport o‘yinlari o‘tkazildi

ROZK tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sport o‘yinlari o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, O‘zbekiston professional futbol ligasi, Chilonzor tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi va Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hamkorligida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida “Sportga ilk qadam” loyihasining navbatdagisi Chilonzor tumanidagi 284-MTMda tashkil etildi.

Loyiha davomida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sportga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida, ular o‘rtasida bir qator sport o‘yinlari tashkil etildi. Loyihani MTM qoshida faoliyat olib borayotgan gimnastika to‘garagi qizlari tomonidan tayyorlangan musiqali chiqishlari ochib berdi. 

Shundan so‘ng “Chaqqon bolajon” shiori ostida quvnoq startlar, “Yashil maydon yulduzchalari” shiori ostida bir qator yosh futbolchilar tomonidan master klasslar namoyish etildi. “Oltin toj” shiori ostida tashkil etilgan shaxmat-shashka musobaqalari bolajonlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. 

Bundan tashqari yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo va jahon chempionati sovrindorlari ham tashrif buyurib, bo‘lajak chempionlarga master klasslar ko‘rsatish bilan birgalikda, o‘zlari ham bolajonlarimizga qo‘shilib, mashqlarni bajarishdi. Ushbu loyiha bolajonlarda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otib, ular orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Bu yoshlarimiz orasidan kelajakda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘klarga ko‘taradigan Osiyo, jahon va Olimpiya chempionlari yetishib chiqishiga umid qilib qolamiz.
Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:50, 18.07.2018.
O'qildi: 3396 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик