Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Sanjar Rizayev: «CAFAning oliy maqsadi – milliy jamoalar musobaqasini o‘tkazish»

Sanjar Rizayev: «CAFAning oliy maqsadi – milliy jamoalar musobaqasini o‘tkazish»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Intervyular

O‘tgan hafta poytaxtimizda «CAFA U-16 championship» musobaqasi bo‘lib o‘tib, unda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Tojikiston hamda Qirg‘izistonning 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan termalari ishtirok etdi.

Yakunda Usmon Toshev boshchiligidagi vakillarimiz barcha uchrashuvlarda yirik hisobda g‘alaba qozonib, haqli ravishda turnir g‘olibiga aylanishdi.

Biz mazkur musobaqa yakunida CAFA bosh kotibi Sanjar Rizayevdan intervyu oldik.

- CAFA tomonidan tashkil etilgan musobaqadan O‘FAning ko‘ngli to‘ldimi? Mehmonlar qanday taassurotda qaytishdi?

- Bu savolga biroz boshqacha tarzda yondashib javob berishni lozim topdim. Musobaqaning ishtirokchi termalari turnir saviyasi, tashkiliy jihatlarni alohida qayd etib, tashakkur izhor qilishdi. Aytishim mumkin, tarixda birinchi marta o‘tkazilgan turnir OFK qo‘ygan barcha talablarga to‘liq rioya qilingan holda tashkil etildi.

Qolaversa, har bir ishtirokchi davlat futbol federasiyalari turnirni o‘z rasmiy veb-saytlarida batafsil yoritib borishdi. Hatto ijtimoiy tarmoqlarda ham musobaqaning tashkiliy jihatlari, o‘tkazilishi yuzasidan iliq fikrlar bildirildi. To‘g‘ri, o‘ziga yarasha kamchiliklar ham bo‘ldi. Buni inkor etmaymiz.

Birinchi galda o‘yinlarning soat 17:00da boshlanishiga e’tiroz bildirildi. O‘zimiz ham bunday bo‘lishini istamagandik. Lekin vaziyat nuqtai nazaridan shunday yo‘l tutishga majbur bo‘ldik. Bir kunda ikkita o‘yinni bitta stadionda o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Keyingi musobaqamizni soat 18:00dan oldin boshlamaslikka kelishib oldik va amalda shunday ham bo‘ladi.

Musobaqa yakunlanganidan so‘ng OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa CAFA prezidenti Umid Ahmadjonovga, OFK bosh kotibi Dato Vinsdor Jon o‘z o‘rnida CAFA bosh kotibi, ya’ni kaminaga tashakkurnoma bildirilgan rasmiy maktub yo‘lladi.

- Tashkilotning termalar nuqtai nazaridan eng kuchli vakillaridan biri - Eron jamoasi musobaqada ishtirok etmadi. EFF bu qarorini qanday izohladi? Turnirda qatnashish bo‘yicha talabnoma, ya’ni so‘rovnoma forslarga qachon jo‘natilgandi?

- Ikki oy oldin tashkilotga a’zo barcha futbol federasiyalar hamda assosiasiyalarga taklifnoma jo‘natilgandi. Ammo Eron tomoni yillik taqvim rejasini yil boshidayoq tasdiqlab qo‘ygani uchun Toshkentga kela olmasligini ma’lum qildi.

Shu bois ham CAFAga a’zo Eron va Turkmaniston termalari ilk turnirda ishtirok etishmadi. Lekin ikkinchi musobaqamizda qatnashishlarini rasman tasdiqlashdi.

- Hakamlarni boshqa davlatlardan ham taklif qilish rejasi bormi? Umuman, mehmonlarning kelib-ketishi, bu yerda yashashi kimning hisobidan qoplandi?

- Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir a’zo mamlakatlarning hakamlari o‘yinlarni boshqarish uchun taklif qilinadi. Bu qoidaga 2015 yildan beri amal qilib kelinmoqda. Barcha sarf-xarajatlar esa CAFA tomonidan qoplanadi, moliyalashtiriladi.

- Savolning mantiqiy davomi. CAFAning o‘zi nimaning hisobidan moliyalashtiriladi? Homiylarmi yoki bevosita OFK tomonidan?

- Tashkilot FIFA, OFK hamda homiylar tomonidan moliyalashtiriladi.

- Navbatdagi musobaqa ham Toshkentda o‘tkaziladi. Unda barcha a’zo davlat ishtirokchilarining qatnashishi rasman tasdiqlandimi?

- Ha, bu borada boshqa muammo bo‘lmaydi. Ya’ni, yillik tavqimdan joy olgan barcha yosh toifasidagi musobaqalar to‘liq tarkibda o‘tkaziladi.

- Yil so‘ngiga qadar yana qanday musobaqalarni o‘tkazish rejalashtirilgan?

- 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan termalar o‘rtasida turnir o‘tkaziladi. Shuningdek, 19 yoshgacha futzalchilar ishtirokida ham. Va yilning so‘ng­gi musobaqasi ayollar jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

- CAFA yaqin kelajakda klublar o‘rtasida ham musobaqa o‘tkazishni rejalashtiryaptimi?

- Albatta, shunday reja bor. Faqat bunga bosqichma-bosqich o‘tib boriladi. Hozir oldimizda turgan eng asosiy vazifa bu - mintaqada bolalar va o‘smirlar futbolini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat. Bundan tashqari, ayollar futboliga ham e’tibor qaratiladi.

- Musobaqalardan tashqari, murabbiy va hakamlar uchun ham seminarlar o‘tkaziladimi?

- O‘n olti yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasidagi musobaqa doirasida mintaqaning «B» lisenziyasiga ega murabbiylari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi. Unga OFK instruktori Islom Ahmedov rahbarlik qildi. Kurs yakunida murabbiylarga OFK sertifikatlari topshirildi.

Oldinda 20-31 iyul kunlari o‘tkaziladigan U-15 terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqa doirasida endi hakamlar uchun ham xuddi shunday o‘quv-amaliy seminari tashkil etiladi. Unda har bir ishtirokchi davlatdan, ya’ni O‘zbekiston, Eron, Turkmaniston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikistondan bittadan brigada ishtirok etadi.

Hakamlar nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda o‘yinlarni ham bevosita boshqarishadi.

- FIFA va OFKning yillik taqvim rejasi CAFA tomonidan musobaqalarni o‘tkazishda muammolarni yuzaga keltirmayaptimi?

- Yo‘q, bu borada muammolar yo‘q. Biz har ikki yuqori tashkilotning yillik taqvim rejasidan kelib chiqqan holda bo‘sh kunlarga musobaqalar o‘tkazishni belgilayapmiz.

- Kelajakda bir paytlari bo‘lgani kabi milliy terma jamoalar o‘rtasida ham Markaziy Osiyo chempionatini o‘tkazish rejasi bormi?

- Shubhasiz. Bu eng katta loyihalarimizdan biri.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:26, 28.07.2018.
O'qildi: 2081 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.