Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Milliy sportimizdagi islohotlar delegasiyamiz uchun medallar sifati bo‘yicha barcha Osiyo o‘yinlaridagi rekordi yangilanishiga turtki bo‘ldi

Milliy sportimizdagi islohotlar delegasiyamiz uchun medallar sifati bo‘yicha barcha Osiyo o‘yinlaridagi rekordi yangilanishiga turtki bo‘ldi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari muvaffaqiyatli odimlashmoqda.

Bugun O‘zbekiston sport delegasiyasining mazkur Osiyo o‘yinlaridagi umumiy medallari soni 52taga yetdi. Avval xabar berib o‘tganimizdek, mustaqil O‘zbekistonning medallar sifati bo‘yicha ushbu musobaqadagi eng yaxshi natijasi 2002 yili Pusan shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida qayd etilgandi. O‘sha o‘yinlarda sportchilarimiz 15 ta oltin, 12 ta kumush va 24 ta bronza medaliga ega chiqishgan.

Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining 12-kuni yakunlariga ko‘ra esa o‘zbekistonlik sportchilar 15 ta oltin, 19 ta kumush va 18 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Bu orqali hamyurtlarimiz medallar sifati bo‘yicha 2002 yilgi natijani yangilab bo‘lishdi. Medallar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich esa 2010 yili Guanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida qayd etilgan. O‘sha bahslarda o‘zbek sportchilari vatanimizga 56 ta medal bilan qaytishgan. Hali oldinda bizni yana bir necha sport turlari bo‘yicha bellashuvlar turibdi. Bokschilarimizning barchasi yarim finalga chiqqanini hisobga oladigan bo‘lsak, sportning ushbu turida yettita medal naqd bo‘lib turibdi. Shuningdek, o‘zbek sambochilari ham Osiyoda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.

Bir so‘z bilan aytganda, Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlari o‘zbek sporti tarixiga zarhal xarflar bilan bitiladigan bo‘ldi. Albatta bunday muvaffaqiyatga o‘z o‘zidan erishilgani yo‘q. Buning zamirida muhtaram Prezidentimizning sportga qaratayotgan yuksak e’tibori, g‘amxo‘rligi va sportchilarga yaratib berilayotgan sharoitlari yotibdi.

Shuningdek, Osiyo o‘yinlari tarixida ilk marotaba O‘zbekiston delegasiyasi tarkibida 20 nafarga yaqin Ommaviy axborot vositasi xodimlari musobaqalarni bevosita voqea joyidan yoritib borishmoqda. Bu ham o‘z navbatida yurtimiz sport muhlislariga musobaqalardan tezkor va aniq axborotlar olish, g‘olib va sovrindor sportchilarning fikrlari bilan tanishish, terma jamoamiz a’zolarini erkan qarshisida bo‘lsada qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratib berdi. Eng muhim jihati esa, Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida butun O‘zbekiston delegasiyasi yagona oila sifatida, bir yoqadan bosh chiqarib, jipslashib harakat qilmoqda. Bularning samarasini esa sportchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan medallarda ko‘rib turibmiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:53, 30.08.2018.
O'qildi: 5283 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.