Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Igor Shkvirin: «Dinamo»ga qarshi o‘yinda ikki kishi kam o‘ynagandek bo‘ldik…»

Igor Shkvirin: «Dinamo»ga qarshi o‘yinda ikki kishi kam o‘ynagandek bo‘ldik…»

Baho:
+ | -

Pro-Liga 24-turi doirasida Termizda o‘tgan “Surxon” – “Dinamo” uchrashuvi shiddatli kurashlarga boy o‘tdi. Dastlab “Dinamo” hisobni ochgan bo‘lsa, 2-bo‘limda bosh hakam Zokir Qodirov samarqandliklar futbolchisini chetlatgach, “Surxon” o‘yin yakunida hisobni tenglashtirdi. Bahsdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Igor Shkvirin bilan suhbatlashdik. Termizliklar ustozi intervyuda jamoaning muvaffaqiyatsiz o‘yini sabablari va yana bir qator savollarga javob qaytardi.

- Igor Anatolyevich, sizningcha, “Surxon” ikki ochko yo‘qotdimi yoki bir ochko qo‘lga kiritdimi?

- O‘yinda bir ochkoni qo‘lga kiritdik, degan bo‘lardim. Sababi, “Dinamo” ikki ochkoni qo‘ldan chiqardi. Bugun va umuman muxlislarimiz qarshisida ko‘rsatayotgan bunday o‘yinimiz bilan uch ochkoni qo‘lga kiritish borasida gapirish qiyin. Ko‘rinib turibdiki, “Dinamo” ancha shakllangan jamoaga aylangan. Ayniqsa, tarkibdagi yosh futbolchilar o‘yindan chetda qolishayotgani yo‘q. Ular ham boshqa futbolchilar qatori bir xil tempda to‘p sura olishmoqda. “Surxon” tarkibidagi ikki yosh futbolchimiz haqida esa bunday deya olmayman. O‘tgan o‘yinlarda tarkibda bo‘lgan yosh futbolchilarimizdan biri jarohat olgan, yana bir qizil kartochka olgani bois, o‘ynata olmadik. Shu bois, “Dinamo”ga qarshi bugungi o‘yinda ikkita kam o‘yinchi bilan o‘ynagandek bo‘ldik. O‘yin oxirida nimaning evaziga bosim o‘tkaza oldik, bilmayman. Takrorlayman, ikki ochko yo‘qotmadik, bir ochkoni qo‘lga kiritdik, deb hisoblayman.

- “Surxon” 3-davraning so‘nggi 5 o‘yinidan faqat bittasida g‘alabaga erisha oldi. Jamoaning Superligaga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- So‘nggi o‘yinlardagi natijalarimiz qoniqarsiz bo‘ldi. Shunga qaramay, vazifamiz o‘zgarmaydi, maqsad sari kurashishda davom etamiz. Ammo bunday o‘yinimiz davom etaversa 1-o‘rin bilan Superligaga chiqish haqida gapirish ham, orzu qilish ham qiyin bo‘ladi.

Keyingi o‘yinlardagi g‘alaba jamoamizga yaxshi turtki berishi mumkin. Hozirda jamoamiz ruhiy holati bir maromda emas, shu bois ham g‘alaba qozona olmayapmiz. Aynan nima qilsak, g‘alaba qozonamiz hozircha bilmayman.

- Tajribali mutaxassis Rustam Mirsodiqov ham “Surxon”da ish boshlagan. Uning asosiy vazifasi jamoaga impuls berishdan tashqari nimalardan iborat bo‘ladi?

- U kishining vazifalari klubning barcha tashkiliy ishlaridan iboratdir.

- Ya’ni, jamoa boshlig‘imi?

- Bilmadim, balki jamoa boshlig‘i dermiz yoki sport direktori yoki texnik direktor, ochig‘i anig‘ini bilmayman. Umuman olganda, jamoaning futbolga bog‘liq ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish desak bo‘ladi, menimcha. Tajribalaridan kelib chiqib, Rustam To‘xtamurodovich jamoamizga katta yordam berishlariga ishonaman.

- “Surxon”ning 3-davrani muvaffaqiyatsiz o‘tkazayotganiga yozgi transferlar davomidagi seleksiya ishlarini qoniqarsiz olib borgani sabab bo‘ldi, degan fikrga qo‘shilasizmi?

- O‘rinli savol, fikringizga qo‘shilaman, bu to‘liq mening aybim bo‘ldi. Sababi, davralar oralig‘ida biz kimlar bilan xayrlashdik va ularning o‘rniga kimlarni taklif etdik o‘rtadagi farq bir xil bo‘lmadi. Jamoaga “yangi qon” qo‘yilgandan keyin moslashish jarayoni va o‘yinga qo‘shilib ketish borasida muammolar sabab ma’lum ochkolar boy berilishi mumkinligini tushunaman, ammo biz vazifani bajarish yo‘lida ko‘p ochko yo‘qotayapmiz. Bunday pallada barcha muvaffaqiyatsizlikni o‘z bo‘ynimga olaman. Davralar oralig‘ida ham tarkibni o‘zimiz istagandek kuchaytira olmaganimiz ham mening aybim.

- Pro-Ligada yuqori o‘rinlar uchun kurash qizimoqda. Mutaxassis sifatida aytingchi, qaysi jamoalar sizni o‘yin va natija jihatdan ajablantirmoqda?

- G‘uzorning «Sho‘rtan» klubi yaxshi ma’noda ajablantirmoqda. Klubda avvalroq “Bunyodkor” klubi futbol akademiyasi, yoshlar jamoalarida muvaffaqiyatli ishlagan Murod Otajonov, Yorqin Nazarov singari murabbiylar ish boshlagach, jamoaning o‘yini ijobiy tomonga o‘zgargan. Yosh jamoaning o‘yini borligi, oxirigacha tinmay yugurayotgani, kurashayotgani sezilib turibdi. Natija ham shunga yarasha bo‘lmoqda, qarang “Sho‘rtan” Termizdan ham, Andijondan ham g‘alaba bilan qaytgandi. Yoki aytaylik, o‘sha o‘z oldiga Superligani maqsad qilmagan “Xorazm” jamoasi ham Pro-Liga “A” guruhidagi istalgan jamoa bilan bemalol kurashmoqda, mag‘lub etishga intilmoqda. Ayniqsa, “Xorazm”ning “Dinamo”, “Mash’al” singari jamoalar bilan ham oxirigacha kurasha olayotgani futbolimiz rivojiga xizmat qiladi. O‘ylaymanki, Superligaga chiqish uchun kurash oxirgi turlargacha davom etadi.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:26, 06.09.2018.
O'qildi: 3271 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.