Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

"Dinamo" (Samarqand) Tojikistonga jo‘nab ketdi

"Dinamo" (Samarqand) Tojikistonga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasida ikki tomonlama keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mart oyida Dushanbedagi tashriflari doirasida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarga muvofiq, Samarqand va Tojikistonning So‘g‘d viloyati o‘rtasidagi yirik biznes forumi va tadbirlar doirasida aprel oyida Samarqandda “Dinamo” – “Xo‘jand” (2:2) o‘yini ham o‘tkazilgandi.

Avgust oyida esa Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Toshkentdagi rasmiy davlat tashrifi chog‘ida hukumatlar o‘rtasida imzolangan bitimlar, xususan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Tojikistonning So‘g‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda o‘rtasida imzolangan kelishuvga muvofiq, 7-9 sentyabr kunlari So‘g‘d viloyati markazi Xo‘jand shahrida So‘g‘d va Samarqand viloyatlari o‘rtasida yirik biznes forumi, samarqandlik tadbirkorlar mahsulotlari ko‘rgazmasi, ikki davlat san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi va futbol uchrashuvi tashkil etiladi. Shuningdek, Samarqand delegasiyasi 9 sentyabr kuni – Tojikiston Mustaqilligining 27 yillik bayram tadbirlarida ishtirok etadi.

“Dinamo” jamoasi Samarqand viloyati delegatsiya tarkibida bugun ertalab Tojikistonga jo‘nab ketdi.

“Xo‘jand” va “Dinamo” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 7 sentyabr, soat 17:00da Xo‘janddagi markaziy stadionda boshlanadi. Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Tojikistonning So‘g‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzodalar ishtirok etib, o‘yinni rasman boshlab berishlari kutilmoqda.

Xalqaro O‘rtoqlik uchrashuvi.

7 sentyabr (juma)

«XO‘JAND» (Tojikiston) – «DINAMO» (O‘zbekiston)

Bosh hakam: Xurshed Dadaboyev (Xo‘jand)

O‘yin boshlanish vaqti: 17:00.

 

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:19, 07.09.2018.
O'qildi: 2906 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.