Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Superliga: «Nasaf» – «Sug‘diyona». Prevyu

Superliga: «Nasaf» – «Sug‘diyona». Prevyu

Baho:
+ | -1

“Nasaf” 27-tur uchrashuvini  o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv ertaga, 23 oktyabr seshanba kuni “Markaziy” stadionimizda soat 18:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlarga oid faktlar

Ushbu jamoalar milliy chempionat doirasida bungacha o‘zaro 36 marotaba kuch sinashgan. Shulardan 28ta o‘yinda “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan. 1ta o‘yinda o‘zaro durang qayd etilgan. Ushbu tarixiy durang 1998 yil Qarshida qayd etilgan. 7 uchrashuvda “So‘g‘diyona” jamoasi g‘alaba qozongan. O‘zaro uchrashuvlarda 109 marta darvozalarga gol kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik jamoamiz tomonida – 78:31.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi shu yili Jizzaxda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, “ajdarlar” 1:0 hisobida zafar quchgan edi.

Qarshida bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Qarshida o‘zaro 18ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu uchrashuvlarda 15 marta “Nasaf”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 2 marta “So‘g‘diyona” jamoasi g‘alabaga erishgan. Qarshida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarning faqat bittasida, ya’ni 1998 yilgi mavsumda golsiz durang qayd etilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 63ta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo‘yicha ustunlik jamoamiz tomonida - 46:17.

Qarshidagi so‘nggi o‘zaro besh uchrashuv natijasi

20.09.2014. “Nasaf” - “So‘g‘diyona”  3:1

31.05.2015. “Nasaf” - “So‘g‘diyona”  3:1

26.06.2016. “Nasaf” - “So‘g‘diyona”  2:1

30.03.2017. “Nasaf” - “So‘g‘diyona”  4:0

30.04.2018. “Nasaf” - “So‘g‘diyona”  1:2

O‘zaro qayd etilgan yirik hisoblar

Jamoamiz jizzaxliklarni eng yirik 4:0 hisobida mag‘lub etgan. “So‘g‘diyona” esa 3:2 yirik hisobidagi g‘alabaga erishgan.

O‘zaro o‘yinlarda “ajdarlar” olti marta yirik hisobda g‘alaba qozongan (3:0 – 2000, 2009, 2016 yil, 4:1 – 2004, 2009, 4:0 - 2017)

Yana bir qiziqarli fakt, ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarda eng “yaxshi ko‘rgan” hisobi - 2:1 yoki 1:2dir. O‘zaro o‘tkazilgan 36 uchrashuvda bu hisob 10 marta takrorlangan.

Murabbiylardan iqtiboslar

O‘zingizga ma’lum, shu yili 1 avgust kuni “So‘g‘diyona” va “Nasaf” va jamoalari Jizzaxda o‘zaro kuch sinashgan edilar. Uchrashuvda jamoamiz 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. O‘yindan so‘ng murabbiylar qanday fikr bildirishgan edi? Quyida iqtiboslar keltiramiz.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Bugungi o‘yin yagona xatogacha bo‘ldi. Raqibimiz himoyada xatoga yo‘l qo‘ydi, biz bundan unumli foydalandik. Yigitlarimiz 90 daqiqada e’tibor bilan o‘yin namoyish etishdi. Biz raqibni o‘rganganimizda shunga amin bo‘ldikki, ular har yilgiga nisbatan bu yil tajovuzkor va hujumkor o‘yin namoyish etishayapti. Shularni e’tiborga olib, bugungi uchrashuvdagi asosiy vazifamiz himoyada xatoga yo‘l qo‘ymaslik edi. O‘ylaymanki, buni uddaladik. Yigitlar butun o‘yin davomida tartibli harakat qilishdi va borlarini berib o‘ynashdi. Bugungi g‘alabamizga bular asosiy omil bo‘ldi.

Sergey Lushchan: -Juda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Bahs qiyin bo‘lishini bilar edik. Bir yarim kun davomida tiklanish juda qiyin. Rejalar amalga oshmadi. Uchrashuvdan so‘ng birinchi vazifa bu yo‘qotilgan kuchni tiklashdir. Bugun futbolchilar maydonda o‘zlarini ko‘rsata olishmadi. Qo‘qondagi safardan so‘ng biz juda kam vaqt mashg‘ulot o‘tkazdik va funksional tiklana olmadik. Halol mag‘lub bo‘ldik. Yaratilgan vaziyatlardan esa unumli foydalana olmadik. “Nasaf” birgina xatomizdan foydalandi va g‘alaba qozondi.

Jamoalar navbatdagi o‘zaro uchrashuvga qanday yetib kelishdi?

“Nasaf” o‘tgan 26-tur uchrashuvini safarda “AGMK” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. “So‘g‘diyona” jamoasi esa o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qildi va kichik 1:0 hisobida zafar quchdi. 

Bu jamoalar quyi oltilikda borishmoqda. Jamoamiz 23 ochko jamg‘argan holda quyi oltilikning 1-pog‘onasini egallab turibdi. “So‘g‘diyona” jamoasi esa 16  ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda. Bo‘lajak uchrashuv har ikkala jamoa uchun juda muhim sanaladi. Shundan kelib chiqib, bu uchrashuvni murosasiz o‘tishini oldindan taxmin qilish mumkin.

Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv, bugun 22 oktyabr kuni yoshlarimiz qarorgohi maydonida soat 15:00da boshlanadi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 08:46, 22.10.2018.
O'qildi: 3221 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.