Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Og‘ir atletika. Ashxoboddagi jahon chempionatida qatnashuvchilar soni rekord darajada bo‘ladi

Og‘ir atletika. Ashxoboddagi jahon chempionatida qatnashuvchilar soni rekord darajada bo‘ladi

Baho:
+ | -

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida bir qator rekord natijalar qayd etilishi kutilmoqda. O‘tgan galgi musobaqalarga qaraganda bu safargi jahon chempionatida ishtirokchi davlatlar va qatnashuvchi sportchilar soni rekord darajada (ya’ni 91 ta davlatdan 693 nafar sportchi) bo‘ladi.

Bunga qadar eng ko‘p davlat vakillari qatnashgan jahon chempionati Parij (87 ta) hamda qatnashuvchi sportchilar soni rekord darajada bo‘lgani Gresiyadagi (626 nafar) musobaqalarda qayd etilgan edi.

Mazkur musobaqa Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun zaruriy bo‘lgan kvalifikasion ochkolarni taqdim etadi.

Erkaklar o‘rtasida 84-marotaba, ayollar o‘rtasida esa 27-marotaba tashkil etilayotgan jahon chempionati 1 noyabrdan 10 noyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Erkaklar -55, -61, -67, -73, -81, -89, -96, -102, -109 va +109 kg vazn toifalarida bellashadi. Ayollar o‘rtasidagi bahslar esa -45, -49, -55, -59, -64, -71, -76, -81, -87, +87 kg vazn toifalarida o‘tkaziladi.

Manba: www.turon24.uz
Kiritildi: 18:36, 24.10.2018.
O'qildi: 2056 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик