Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

OCHL. Xavining jamoasi yarim finalda to‘xtadi, bugun esa yana bir finalchi aniqlanadi

OCHL. Xavining jamoasi yarim finalda to‘xtadi, bugun esa yana bir finalchi aniqlanadi

Baho:
+ | -

23 oktyabr kuni klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionlar ligasining yarim finali doirasida Eronning Persepolis va Qatarning Al-Sadd jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bahsda durang (1-1) natija qayd etilib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, Xavi sardorligidagi Qatar klubi musobaqani yarim finaldayoq tark etdi.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuvda 1-0 hisobi qayd etilib, Texron klubining qo‘li baland kelgan edi.

24 oktyabr kuni Suvon Blyuuings (J.Koreya) va Kashima Antlers (YAponiya) o‘rtasida ikkinchi yarim finalning javob o‘yini bo‘lib o‘tadi. Ular o‘rtasidagi birinchi uchrashuvda yaponiyaliklar o‘z maydonida zafar (3-2) qozongandi.

Osiyo chempionlar ligasi nomi bilan 16-marotaba tashkil etilayotgan klublar o‘rtasidagi musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi 10 noyabrga belgilangan. Musobaqada g‘olib bo‘lgan klub kelasi yil klublar o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Manba: www.turon24.uz
Kiritildi: 18:46, 24.10.2018.
O'qildi: 2103 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик