Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Paxtakor» - «Navbahor» uchrashuvi prevyusi

«Paxtakor» - «Navbahor» uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor 1 noyabr kuni soat 18:00 da «Navbahor» jamoamiz «Paxtakor»ga qarshi bahs olib boradi. Agar ushbu uchrashuvda «Navbahor» g‘alaba qozonsa, chempionat yanada qizg‘in bo‘lishini ta’minlab beradi.

Biz esa o‘z an’anamizga sodiq qolib, mazkur to‘qnashuv tarixiga nazar solamiz. Afsuslar bo‘lsinki, tarix biz uchun juda yomon o‘tgan. Toshkentda «Paxtakor»dan mana 20 yildan buyon uzluksiz faqat mag‘lub bo‘lib kelyapmiz. O‘z maydonimizda «sherlar»ni ancha qiyin ahvolga solib qo‘yganmiz, ammo safarda aksinchasini ko‘rib kelmoqdamiz.

Bu ikki klubning yo‘llari Superliga (oliy liga)da 55 bor kesishgan. Ustunlik «Paxtakor» tomonida. 35 ta o‘yinda “sherlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 13 ta uchrashuvda «lochinlar» g‘olib bo‘lishgan. 7 uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati «Paxtakor» foydasiga. Toshkentliklar shu kunga qadar o‘zaro o‘yinlarda 95 ta gol kiritib o‘z darvozalaridan 33 marta to‘p olib chiqishgan. O‘zaro o‘inlarda «Paxtakor» 112 ochkoni, «Navbahor» esa 46 ochkoni qo‘lga kiritgan.

«Paxtakor» oliy ligada «Navbahor» ustidan 7:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu o‘zaro o‘yinlardagi toshkentliklarning eng yirik hisobidir. «Navbahor»ning o‘zaro o‘yinlardagi «sherlar» ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi esa 2:0 bo‘lib turibdi.

Toshkentda o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

2018 - «Paxtakor» – «Navbahor» 1:0

2017 - «Paxtakor» – «Navbahor» 1:0

2016 - «Paxtakor» – «Navbahor» 3:0

2015 - «Paxtakor» – «Navbahor» 1:0

2014 - «Paxtakor» – «Navbahor» 2:1

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:54, 30.10.2018.
O'qildi: 2875 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик