Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

«Navbahor» Toshkentda «Paxtakor»ni mag‘lub etib, OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqchi

«Navbahor» Toshkentda «Paxtakor»ni mag‘lub etib, OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

Bugun "Navbahor" klubi qarorgohida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Namangan viloyati hokimi Xayrulla Hayitboyevich Bozorov, shahar hokimi Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov va klub vise-prezidenti Shamshod Ergashovich Sarikov hamda klub murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirok etishdi. Bu haqda "Navbahor" muxlislar klubining telegramdagi sahifasi xabar tarqatdi.

Yig‘ilishda bir qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, futbolchilar tomonidan muammo yo‘qligi, barchasi a’lo darajada ekanligi e’tirof etildi. Rahbarlar esa «Paxtakor» bilan bo‘ladigan uchrashuvda faqat va faqat g‘alaba qozonish kerakligini vazifa qilib belgilashdi.

"Chempionatda hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q. Qolgan uchrashuvlarda maksimal natija qayd etib, ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Safarda ham «Navbahor»ning g‘alabali seriyalari boshlanish vaqti kelgandur? Chunki oxirgi paytlarda mehmondagi uchrashuvlarda ham huddi «Navbahor» o‘z maydonida o‘ynayotgandey xis qilmoqda. Demak muxlislar yolg‘izlatib qo‘ymaydi. Bunga javoban «Navbahor» safarda ham g‘alabali seriyalarni boshlashi lozim! Muxlislar o‘z suyuklilarini hech qachon yolg‘izlatib qo‘ymaydi xoh uyda, xoh safarda bo‘lsin. Shunday ekan «Navbahor» ham, muxlislar ham aslo chekinmaydi. Men albatta ishonaman, 1 noyabr kuni «Paxtakor» muxlislaridan «Navbahor» muxlislari ko‘p bo‘ladi", — deya ta’kidladi viloyat hokimi Xayrulla Bozorov.

Kiritildi: 21:56, 30.10.2018.
O'qildi: 7100 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.