Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Fayoz Jo‘raboyev: «Debyut mavsumda 4 o‘rinni olamiz deb o‘ylamagan edik»

Fayoz Jo‘raboyev: «Debyut mavsumda 4 o‘rinni olamiz deb o‘ylamagan edik»

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi. Jizzax viloyati jamoasi «So‘g‘diyona» debyut mavsumda 4-o‘rinni olishga muvaffaq bo‘ldi. Chempionat va debyut mavsumdagi taassurotlar haqida jizzaxlik yosh va iste’dodli darvozabon Fayoz Jo‘raboyev bilan suhbatlashdik.

Katta futbol emas futzalni tanladim

– Yoshligimdan futzalga bo‘lgan qiziqishim baland edi. Shu sababli 2013 yilda Jizzax Olimpiya zaxiralari  kollejiga hujjat  topshirdim. U yerda menga futzal sir-asrorlarini o‘rganishimda Naim Usmonov, Musulmon Mamadaliyev va Jahongir Kamolovlar katta yordam berishdi.  Orada katta futbolda ham o‘zimni sinab ko‘rdim. «So‘g‘diyona» o‘rinbosarlar jamoasida mashg‘ulotlar o‘tkazdim. Ammo futzaldagi shiddat meni o‘ziga chorladi va yana futzalga qaytib  Samarqadning «Nafis» jamoasida farliyatimni davom ettirdim. U yerda menga Dilshod Haydarqulov va Aziz Sattorovlar ustozlik qilishdi.

Rustam Umarov futzalga kirib kelishimga sababchi bo‘lgan

– Har bir insonda o‘zi yoqtirgan ideali bo‘ladi. Mening ideallarimdan biri Rustam Umarovdir. Bu inson O‘zbekiston va jahonda men uchun kuchli darvozabonlardan biri. Oldinlari «Sport» TV da futzal bo‘yicha  chempinati jonli efirda namoyish etilardi va men Rustam Umarovning har bir harakatidan namunalar olishga harakat qilar edim. Keyinchalik o‘zimni U-20 saralashida sinab ko‘rdim. Yig‘inda ishtirok etdim. Aynan u yerda darvozabonlar bo‘yicha murabbiy sifatida Rustam Umarov ishlar edi. O‘z kumirimni ko‘rish naqadar baxt edi va men imkon qadar Rustam akadan ko‘proq sir-asrorlarni o‘rganishga harakat qilar edim. Afsuski jarohatim tufayli U – 20  Osiyo chempionatida ishtirok eta olmadim. Shu o‘rinda aytib o‘tishim kerak  Rustam Umarovga o‘xshab milliy terma jamoada to‘p tepish mening  orzuimdir.

«So‘g‘diyona»  da ekanligimdan baxtliman

– Samarqandning «Nafis» jamoasi faoliyati yakunlanganidan so‘ng «So‘g‘diyona» ga chaqiruv bo‘ldi. Albatta, men uchun o‘z viloyatim jamoasini himoya qilish  faxrli. Buning uchun Oybek Abdurahmonov va Sirojiddin Ergashevlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. «So‘g‘diyona»ga jarohat bilan keldim va deyarli yarim mavsum o‘ynay olmadim. Lekin jamoadagi muhit va intilish meni tezroq safga qaytishga undadi. Birinchi davrani asosan yosh va mahalliy futzalchilar bilan boshladik. Ozroq tajribasizligimiz sababli muhim ochkolarni qo‘ldan boy berdik.  Ikkinchi davrada esa safimizga tajribali futzalchilar kelib qo‘shildi. Bizda ozroq hadik bor edi. Eng kutilmagan hodisa bu Dilshod Rahmatovni Xitoydan kelgani bo‘ldi. Ulardan biz ko‘plab saboqlar va tajriba oldik. Ular mashg‘ulotlar va o‘yin davomida bizni faqat olg‘a undadi va o‘zimizga bo‘lgan ishonchni orttirdi.

 «So‘g‘diyona» da ekanligimdan baxtliman

– Qisqa muddat davomida bir oila bo‘la oldik. Menimcha shu tarkib bilan keyingi mavsumda kuchli uchlik uchun bemalol kurasha olamiz. «So‘g‘diyona» katta oilaga aylana oldi. Nafaqat biz, balki asosiy tarkib,  ayollar jamoasi, o‘rinbosarlar bo‘ladimi hamma bir maqsad yo‘lida birlashdik. Har bir jamoa o‘yin o‘tkazayotganida bir- birimizni qo‘llab-quvvatlab turamiz.

Bizga kuch bergan bu-muxlislarimiz

– Futzal musobaqalarining hozirgi formati bizga ancha ma’qul keldi. Viloyatlarda futzalga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Muxlislar esa futzal uchrashuvlariga kela boshladi. Har bir uy uchrashuvida zalimizga 400-500 ga yaqin muxlis tashrif buyuradi. Ular qarshisida o‘ynash katta ma’suliyat. Har bir o‘yinda bizga kuch bergan bizni olg‘a yurishga undagan bizning muxlislarimizdir. Ular  g‘alabalarda biz bilan birga quvonishdi, mag‘lubiyatda esa yolg‘iz qoldirishmadi. Safarlarda ham biz bilan birga bo‘ldilar. Ularga doimo o‘z minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.

Umuman aytganda «So‘g‘diyona» dagi faoliyatimdan mamnunman. Debyut mavsumda 4-o‘ringa ega bo‘lish bu katta natija.  Bu borada «So‘g‘diyona» raxbariyatiga barcha sharoitlarni yaratib , bizni doimo qo‘llab-quvvatlab turgani uchun o‘z minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. Keyingi mavsumda ham raxbariyatimizni muxlislarimizni yuzini yorug‘ qilishga harakat qilamiz –deydi «So‘g‘diyona» futzal jamoasi darvozaboni Fayoz Jo‘raboyev

«So‘g‘diyona» PFK matbuot xizmati 

Manba: www.fcsogdiana.uz
Kiritildi: 20:54, 22.11.2018.
O'qildi: 2614 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.