Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 0-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 2-0 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 2-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

O‘zimizning «Sehrli tayoqcha»

O‘zimizning «Sehrli tayoqcha»

Baho:
+ | -

O‘zimizning«Sehrli tayoqcha» Sarlavhani o‘qigan ko‘pgina muxlislarimiz darrov gap kim haqida borayotganini sezishgan bo‘lsa , ajab emas! Ha, to‘g‘ri topdingiz, gap Anvar Soliyev haqidaketmoqda. 1978-yilda Namangan viloyatida tavallud topgan qahramonimiz o‘zbek futbolida o‘z izini qoldira oldi.

Faoliyati mobaynida bir necha bor O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan sevimli futbolchimiz 2005 –yilda O‘zbekistonda «Yil futbolchisi» deb topilgan. Uning o‘yinlari haqida jamoadoshlari doim iliq fikr bildirishar edi, o‘yinlarini esa haligacha eslab turamiz. U haqida sobiq jamoadoshi shunday deydi.

Asror Aliqulov: « Anvar baland bo‘yli bo‘lishiga qaramasdan o‘ta yengil harakat qilardi. U hissiyotga kam berilar, aql bilan o‘ynaydigan hujumchilar sirasiga kirardi.» Ha Anvar Soliyev zahiradagi «Kuzer»kartamiz edi. U maydonda ham, maydon tashqarasida ham og‘ir , vazmin, kamtarininson edi.

Tajmurad Agamurodov o‘z intervyusida qiziq bir voqeani gapirib bergandi: «Paxtakorda ishlagan paytlarim o‘yinlardan so‘ng futbolchilarga dam olib tiklanish uchun 1 kun dam berar edik. Lekin men doim unga 2 kun dam berardim. Buni sababini anchagacha hech kimga aytmaganman. Mana hozir shu sirni ochsam., Anvar erta uylangan edi. Doim o‘yinlardan so‘ng to‘gri uyiga yo‘l olardi. Ota-onasi va oilasini diydoriga to‘ygach, yana bazamizga qaytib kelardi. »

Qahramonimizga oid o‘zimda ham shirin xotiralar qolgan. Aniq esimda 2006 yilda Germaniyadagi mundial saralashining so‘ngi bosqichi edi. Play-off uchun Toshkentda Quvayt termasini yengishimiz shart edi. O‘sha uchrashuvda jamoamiz tezkor 2 ta to‘p o‘tkazib yuborgandi. Keyin esa … Geynrih penaltiy ishlagan,2- bo‘lim boshlarida hisobni tenglashtirgan edik.

O‘sha paytlar aniq esimda, zahiradan maydonga tushayotgan Anvar Soliyevni TV orqali ko‘rgan dadam: «Iya, Soliyevku!-deya hayajonlanib, - hozir go‘l uradi»- deb qo‘ygandilar. O‘yinni sharhlayotgan sharhlovchi ham”Bizning«Sehrli tayoqcha» maydonda!”- deya quvongani hali-hamon yodimda… Ko‘p o‘tmay «Sehrli tayoqcha»yanamo‘jiza ko‘rsatgandi, o‘shanda. O‘sha golni Anvar Soliyev qanday nishonlagani ham shundoqqina esimda! Ikki qo‘lini ikki chetga kengyozgancha, ohista qadamlar bilan,yuzida samimiy jilmayish,haqiqiy o‘zbekona tabassum bilan muhlislar tomon yugurib ketardi…! Ana shunday mening xotiramda saqlanib qolgan bugungi qahramonimiz.

O‘zbek futbolida eng kam yoritilgan kamtarin yulduzimizga murabbiylik faoliyatida omadlar tilab qolamiz!

Manba: Яҳёхўжа Улуғхожаев
Kiritildi: 19:18, 08.12.2018.
O'qildi: 3504 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.