“Real” bosh murabbiyi Santyago Solari SSKAga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida Vinisius Junior haqida fikr bildirdi.
“Vinisiusni super yulduz bo‘lib ketishini barcha kutmoqda. U endi 18 yosh to‘ldi, lekin u maydonga tushib va gol ham urishni boshladi. Biz barchamiz uning o‘sayotganidan xursandmiz”, - deydi Solari.
Ma’lumot uchun, “Real” – SSKA uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da boshlanadi.