“Arsenal”ning sobiq murabbiyi Arsen Venger hamkasbi Zinedin Zidanga maslaxat berdi.
“Agar sen yuqori darajada ishlamoqchi bo‘lsang faoliyatingni Angliyada davom etdir. To‘g‘ri Brexit tufayli ba’zi-bir muammolarga duch kelish mumkin.
Faqat Angliyada birdaniga 6 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi. Boshqa chempionatlarda dekabr oyidayoq qaysi klub chempion bo‘lishini bilsa bo‘ladi.
Masalan, Fransiyada kim chempion bo‘lishini sentyabr oyida bilasiz”, - deydi Venger beIN Sports nashriga bergan intervyusiga.