Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

«Santyago Bernabeu» nima uchun huvillab bormoqda?

«Santyago Bernabeu» nima uchun huvillab bormoqda?

Baho:
+ | -

«Real»ning La liganing 16-turi doirasida «Rayo Valyekano»ga qarshi uy o‘yiniga 55.229 nafar muxlis tashrif buyurdi. Umuman olganda, ushbu mavsumda "Santyago Bernabeu"ga muxlislarning tashrifi kamayib bormoqda. Nega bunday bo‘layotganini ushbu maqola orqali aniqlashga harakat qilamiz.

1994 yildan beri «Real»ning uy o‘yinlariga bu qadar kam muxlis kelmagandi. "Qirollik klubi" 2018 yilda "Bernabeu"da o‘tkazgan o‘yinlarining 63 foizida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 37% bahsda 3 ochkoni qo‘lga kirita olmagan.

2018 yilda «Real Madrid» «Bernabeu»da jami 27ta o‘yin o‘tkazib, ularning 17tasida g‘alaba qozondi, 5tasida durang o‘ynadi («Numansiya»,«Atletik», «Bavariya» va ikki marta «Atletiko» bilan) va 5 marta yutqazdi («Vilyarreal», «Leganes», «Yuventus», «Levante» va SSKAga). Bundan tashqari, ba’zi o‘yinlarda g‘alaba qo‘lga kiritilgan bo‘lsa-da, jamoaning o‘yini ancha nursiz chiqdi. Mana shu holat ham muxlislarning kamayishiga sabab bo‘ldi.

24 yil avval esa "Madrid" mana shunday past natija ko‘rsatgandi: o‘shanda "Santyago Bernabeu"dagi uchrashuvlarning 42 foizida jamoa g‘alaba qozonmagandi. O‘shandan beri "qaymoqranglilar" bunday og‘ir mavsumga duch kelishmagandi.


Raqamlar
Madridliklarning so‘nggi 3ta uy o‘yinida muxlislar soni 56.000dan oshmadi.
– Ispaniya kubogi, javob o‘yini: "Melilya" (6:1) – 55 243;

– YECHL, guruh bosqichi, 6-tur. SSKA (0:3) – 51 636;

– La liga, 16-tur. "Rayo Valyekano" (1:0) – 55 229.

O‘tgan mavsumning boshidan dekabr oyi o‘rtasigacha bo‘lgan davrda "Bernabeu"da 12ta o‘yin o‘tkazilgan bo‘lib, bitta uchrashuvga o‘rtacha 68 297 muxlis kelgandi. Ushbu mavsumda esa o‘rtacha tashrif 8%ga kamaygan: 62 788 ishqiboz.

O‘tgan mavsum bilan taqqoslashda davom etadigan bo‘lsak, La liga doirasidagi bahslarga tashrif o‘rtacha 5000 muxlisga kamaygan bo‘lsa, YECHLdagi pasayish naq 11 ming muxlisni tashkil qildi.

Sabablar
"Qirollik klubi" muxlislarining stadionga tashrifi kamayishi klub natijalarining salbiy ko‘rinish olganidan tashqari, yana bir nechta sabablarni keltirib o‘tishimiz mumkin:

— Krishtianu Ronaldu "Real"ni tark etdi;

— Mavsumiy abonementlar narxi 10%ga oshirildi;

— Mavsum startidagi salbiy natijalar;

— Murabbiylarning o‘zgarishi;

— Jamoaga yulduz futbolchining olib kelinmagani...

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 16:13, 18.12.2018.
O'qildi: 12278 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.