Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

La liga. Kasorlaning ikkita goli «Real»ni 2 ochkodan mahrum qildi

La liga. Kasorlaning ikkita goli «Real»ni 2 ochkodan mahrum qildi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 17-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tdi. "Real" safarda "Vilyarreal" klubi mehmoni bo‘lib, muhim 2 ochkodan mahrum bo‘ldi.

"Sariq suvosti kemasi", kutilmaganda, o‘yinning 4-daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Santi Kasorlaning ajoyib zarbasini Kurtua qaytara olmadi. Mehmonlar esa juda tez muvozanatni tiklashdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Vaskesning uzatmasidan keyin Benzema bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Uchrashuvning 20-daqiqasiga kelib esa madridliklar burchak to‘pi orqali oldinga o‘tib olishdi. Varan bosh bilan raqib darvozasini zabt etdi. Maydon egalari tanaffusga qadar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Ammo Chukveze yakkama-yakka vaziyatdan samarali foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga qadar to‘p nazorati Solari shogirdlarida bo‘ldi va ular ikkita qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Shundan so‘ng ustunlik "Vilyarreal" tomoniga o‘tib ketdi. Bahs tugashiga 8 daqiqa qolganida Fornalsning aniq uzatmasidan keyin Kasorla bosh bilan Kurtua qo‘riqlayotgan darvozaga to‘pni joyladi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar qarshi hujumdan samarali foydalanishganida g‘alabani ilib ketishlari mumkin edi. Biroq tomonlar o‘z hisoblariga 1 ochkodan qo‘shib qo‘yishdi.

Jadvalda 4-o‘rinda borayotgan "Real" 30 ochkoga ega bo‘lgan holda, peshqadam "Barselona"dan 7 ochko ortda qolmoqda.

Ispaniya La ligasi, 17-tur
Vilyarreal – Real Madrid 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Kasorla, 1:1 – 7 Benzema, 1:2 – 20 Varan, 2:2 – 82 Kasorla.
Vilyarreal – Asenxo, Alvaro Gonsales, Kosta, Layyun, Ruis, Fornals, Xavi Fuego (Trigeros, 82), Chukvueze, Kaseres (Toko-Ekambi, 63), Kasorla, Moreno (Bakka, 68).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Valverde, 64), Kazemiro, Vaskes, Kroos (Vinisius Junior, 86), Beyl (Isko, 46), Benzema.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (41), Alvaro Gonsales (45), Ramos (89), Kosta (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:31, 04.01.2019.
O'qildi: 6783 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик