Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

«Milliy» stadionida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda

«Milliy» stadionida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda

Baho:
+ | -
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizda futbol infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy talabga javob beradigan stadion va maydonlarni barpo qilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda poytaxtimizda joylashgan "Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda. O‘FAning buyurtmasiga asosan “Nasaf” klubiga qarashli Qarshidagi “Markaziy stadion maydonining ishchi xodimlari bu borada katta hajmda mehnat qilishyapti. Stadion maysasini zamonaviy talabga javob beradigan darajaga olib kelish uchun  maydonga xorijdan tayyor chim olib keltiriladi.

Ayni paytda maydonning chimi 20-40 sm o‘lchamida o‘yib olinib (turli o‘lchamdagi platmassa quvurlardan iborat maydon drenajlari esa 50-60 sm chuqurlikda joy olgani uchun usta va texnika hadovchisidan hushyorlik talab etyapti) tashqariga olib chiqilyapti. Chuqurlik o‘rni maxsus moslamalar, qum va unumli tuproq aralashmasi bilan to‘ldirilgach, ustiga chet eldan keltirilgan tayyor tabiiy chim yotqiziladi.  Xalqaro talablarda ko‘rsatilganidek, maydonning chekkasiga nisbatan o‘rta hududi 20 sm balandlikda joylashishi zarur. Shuhratbek Suyunov rahbarligidagi ustalar bu borada ham o‘z mahoratlarini ishga solib, maydon holatini talabga javob beradigan holatga olib kelish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishadi. 

Nafaqat poytaxtimiz, balki mamlakatimizning bosh futbol arenasi hisoblangan  “Milliy” stadioni yangi mavsumda milliy va boshqa terma jamoalarimizning bir qator xalqaro turnirlarini qabul qilishga tayyor bo‘ladi. 

Manba: Stadion
Kiritildi: 21:57, 10.01.2019.
O'qildi: 11176 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик