Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Xadzime Moriyasu: «Ertaga yigitlardan shunchaki g‘alaba uchun o‘ynashlarini so‘rayman»

Xadzime Moriyasu: «Ertaga yigitlardan shunchaki g‘alaba uchun o‘ynashlarini so‘rayman»

Baho:
+ | -

Ertaga bo‘lib o‘tadigan Yaponiya – O‘zbekiston uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida bosh murabbiy Xajime Moriyasuga hamda futbolchi Toshixiro Aoyama o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ertaga jiddiy raqib sanalmish, O‘zbekiston termasi bilan o‘ynaymiz. Ushbu o‘yin guruhda kim birinchi o‘rinni olishini aniqlab beradi. Albatta, Yaponiya g‘alaba qozonishni istaydi. Tayyorgarliklar yaxshi olib borildi, nimchorak finalga birinchi o‘rin bilan chiqishimiz kerak.

BAAga kelishdan avval guruhda birinchi o‘rinni olishni maqsad qilgan edik. Ammo ertangi o‘yinda futbolchilarga ortiqcha bosim bo‘lishini istamayman. Ulardan shunchaki g‘alaba qozonishlarini so‘rayman. Biz xotirjammiz. Asosiy maqsad esa musobaqada chempion bo‘lish.

Avstraliyaga to‘g‘ri kelishdan cho‘chimaymiz. Yaponiya musobaqada barcha raqib bilan teng kurashishni istaydi. Biz chempion bo‘lishni istayapmizmi?, demak har bir o‘yinda g‘alaba qozonish kerak. Musobaqaning pley-off bosqichiga deyarli kuchsiz raqib chiqmaydi.

Musobaqaga kelgan barcha futbolchilarimni sinab ko‘raman. Zaxirada qolgan futbolchilarning ham holati yaxshi. Ko‘ramiz, kim o‘yinga tayyor bo‘lsa, o‘sha ertaga maydonga tushadi. Bugun futbolchilarga so‘nggi ko‘rsatmani beraman.

Futbolchilarimning jismoniy holati ikki xil edi. Chunki terma jamoaning yarim a’zolari Yaponiyada, qolganlari esa Yevropa chempionati klublarida o‘ynaydi. Ular bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazganimizdan keyin barchaning holati tenglashgan deb o‘ylayman. Ortda qolgan ikkita o‘yindan o‘zimizga xulosa chiqardik. Xatolar haqida gapirishni istamayman.

Yana bir bor aytaman maqsad faqat chempion bo‘lish. Kundan-kunga jamoani rivojlantirib, kamida 7 marta 90 daqiqa o‘yin o‘tkazib, finalda g‘alaba qozonish shart. Yaponiya raqiblarini birdek ko‘radi, ularni ajrata olmayman.

O‘zbekistonga qarshi o‘yinga guruh bosqichidagi ikki o‘yindan kelib chiqib, taktika ishlab chiqamiz. Asosiy tarkibda ba’zi futbolchilar almashishi mumkin. Lekin shunday bo‘lsada, ertaga faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

“O‘zbekiston bilan o‘yinga yaxshi tayyorlandik. Ruhan va jismonan holatimiz joyida. Bosim? Yo‘q, hech qanday bosimni his qilmayapmiz. Ertaga ajoyib o‘yin bo‘ladi deb umid qilaman”, deydi yaponiyalik yarim himoyachi Toshixiro Aoyama.

Ma’lumot o‘rnida, ertaga Yaponiya terma jamoasi ko‘k rangli libosda, O‘zbekiston esa oq rangli libosda harakat qiladi. O‘yin Al-Ayn shahridagi “Xalifa bin Zayd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi. Mazkur bahsni BAAlik hakam Muhammad Abdulla Hasan boshqaradi.

Akmalxon Eshonxonov

Al-Ayn shahridan maxsus

Manba: STADION
Kiritildi: 17:16, 16.01.2019.
O'qildi: 4721 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.